• Individuallashuv
  • Pedagogik strategiya
  • Rivojlantiruvchi yondashuv




    Download 1,64 Mb.
    bet116/223
    Sana19.11.2023
    Hajmi1,64 Mb.
    #101288
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   223
    Bog'liq
    Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

    Rivojlantiruvchi yondashuv - bolaning tabiiy ravishda ulg'ayishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo'naltirilgan yondashuv.


    Bu yondashuvga muvofiq bolalar:


    • O'yin jarayonida atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni o'zlashtirib, faol ta'lim oladi;


    • Rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o'tadi;


    • Hissiy va kognitiv (aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o'zaro munosabatlarga ehtiyoj sezadi.


    • Har biri o'ziga xos sur'atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi.


    1. Individuallashuv - o'ta muhim masala, chunki yondashuv qay darajada individual bo'lsa, har bir bola shu


    darajada mo'ljaldagi ta’lim natijalariga erishishning ehtimoli ortadi va shu tufayli dasturning amalga oshirilishi oson kechadi. Muayyan fan bilan bog'liq muammolar kamayadi, o'zlashtiril­gan bilim va ko'nikmalar oshadi. Individuallashtirishning ta’lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyati va talab-ehtiyojlari bilan moslashtirish imkoniyatini beradi. Bu jarayonda bolalarning bilim doirasi kengayib, o'ziga nisbatan hurmat oshadi. Ularda yanada murakkabroq masalalarni hal etishga tayyorgarlik hissi paydo bo'ladi. Pedagog o'zgaruvchan vazifalar va faoliyatning qiziqarli turlarini rejalashtirishni, bolalarni diqqat bilan kuzatishi, zarur hollarda material va vazifalarni almashtirishi va moslashtirishi lozim. Bolalarni kuzatish va ota-onalar bilan suhbat natijasida pedagoglar har bir bolaning kuchi va zaif jihatlari va qiziqishlarini o'rganadi.

    Pedagogik strategiya - bu bolalarni qo'yilgan maqsadlarga erishishiga yordam beradigan pedagog qo'llaydigan muayyan uslublar yig'indisidir. Uning asosini bolaning qiziqishlari, uning kuchli va zaif jihatlari, ta'lim uslubi, yosh xususiyatlari va shaxsiy sifatlarni e'tiborga olish tashkil etadi.



    1. Download 1,64 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   223




    Download 1,64 Mb.