• Pedagog tomonidan qabul qilinadigan qarorlar.
  • Bolaga talim berish boyicha quyidagi uch omil mavjud
  • Bolaga yo'naltirilgan yondashuv




    Download 1,64 Mb.
    bet115/223
    Sana19.11.2023
    Hajmi1,64 Mb.
    #101288
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   223
    Bog'liq
    Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

    Bolaga yo'naltirilgan yondashuv.


    • Pedagoglar ayni paytda ijobiy o'zgarishlar darajasini belgilayotganda va navbatdagi qadamlarni rejalashtirilayot- ganda dasturning maqsadini xayoldan chiqarmaydi;


    • Maqsadlarga qay darajada erishish mumkinligi bola­ning individual rivojlanishining avvalgi tajribasi, bilimi va ko'nikmalari hamda ta'lim qanday sharoitda olib borilayotgan- ligiga ham bog'liqdir.


    Pedagog tomonidan qabul qilinadigan qarorlar.


    • Pedagog har kuni ko'plab qarorlar qabul qiladi, bu bevosita ta'lim-tarbiyaviy jarayonga bog'liq bo'ladi.


    • Boshqa qarorlar - bu pedagog tomonidan o'qitish muhiti, materiallarni joylashtirish, bolalarni kichik guruhlarga ajratishga doir qarorlar;


    • Harbirvaziyatda qabul qilinayotgan qaror jiddiy o'rganish va rejalashtirish natijasi bo'lishi shart.


    Pedagoglar tomonidan ma'lumot asosida qaror qabul qilish - bu qabul qilinayotgan katta va kichik qarorlarning

    barchasi pedagogning kuzatuvlari asosida qabul qilinishi lozim (bolalarni kuzatish va ularning ota-onalari bilan suhbat natijasida tarbiyachi har bir bolaning kuchi va zaif tomoni hamda uning qiziqishlari haqida bilib oladi).

    Bolaga ta'lim berish bo'yicha quyidagi uch omil mavjud:


    1. Bolaning ushbu yosh guruhiga oid ma’lum bo'lgan bilimlarni e’tiborga olish;


    2. Har bir bolaning shaxsiga oid ma’lumotlarni e'tiborga olish;


    3. Bolalarni qurshab turgan ijtimoiy muhit va madaniy qadriyatlar haqidagi ma’lumotlarni e'tiborga olish.


    Bolaning uydagi va o'zini jamoadagi hayotini takomillashti- rishdagi qadriyatlar, orzu-umidlar, xatti-harakat va xususiyat­larini o'rganish pedagogga bolalar uchun muayyan mazmun kasb etadigan, ularni madaniyatga mos keladigan, bolalar va ularning oilasiga hurmat bilan munosabatda bo'lishiga yordam beradigan ta’lim muhiti va mashg'ulotlarni tashkil etish imkoniyatini yaratadi.



    1. Download 1,64 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   223




    Download 1,64 Mb.