• Guruhiy maslahatlar va majlislar
  • Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar




    Download 1,64 Mb.
    bet129/223
    Sana19.11.2023
    Hajmi1,64 Mb.
    #101288
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   223
    Bog'liq
    Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

    Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar. Oila bilan shaxsan ishlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida qo'llanadigan suhbat bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurun kuzatish vaqtida o'tkazilishi mumkin. Ular tarbiyachilar bilan ota- onalarni bir-biri bilan yaqinroq tanishishlariga yordam beradi. Tarbiyachining ota-onalar bilan ertalab o'tkazadigan suhbatlari qisqa muddatli bo'ladi, shuningdek uning yaqinlarida yaxshi

    kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi paydo boiishida katta ahamiyatga ega.
    Ota-onalardan bola kechqurun qanday kayfiyatda boiganini, qanday uxlaganini, bola o'zini qanday sezishni so'rash foydali. Tarbiyachi ota-onalarga bolalarni bugun guruhda nimalar kutishi haqida qisqacha axborot beradi. Bu narsa bolani kayfiyatini ko'taradi, ota-onani xotirjam qiladi. Ota-onalar bilan kechki suhbatlar ham vaqt jihatidan cheklangan, ota- onalar bilan kechki suhbat vaqtida tarbiyachi bolaning tashqi ko'rinishiga taalluqli kamchiliklar aytilishi mumkin. Bolani guruhda kunni qanday o'tkazgani, nimalar bilan mashg'ul boigani, o'zini qanday tutgani, nimaga e'tibor berish kerakligi haqida axborot beradi. Ota-onalarni bola tarbiyasida yo'l qo'ygan biror kamchilik va xatosini tahlil qilish uchun ular bilan yanada mufassal suhbat o'tkazish zarurati tug'ilganda vaziyatni tuzatish uchun malakali maslahat hamda tavsiya berish kerak boiganda maslahatlar o'tkaziladi.


    Guruhiy maslahatlar va majlislar

    Agar tarbiyachiga aynan bir masala bir nechta ota-onani qiziqtirayotgani maium bo'lsa, ular uchun umumiy maslahatlar tashkil etadi. Pedagog maslahatga oldindan tayyorlanadi: zarur adabiyotlarni va ko'rsatmali materiallarni tanlaydi. Maslahat o'tkaziladigan aniq vaqt haqida ota-onalarini ogohlantiradi. Bunday maslahatlar onda-sonda va muntazam o'tkazilishi mumkin. Ota-onalarning guruhiy majlislari zaruriyatiga qarab yil choragida bir marta o'tkaziladi. Bunday majlislardan maqsad ota-onalarni aniq pedagogik masalalar bilan tanishtirishdir. Ularda mazkur guruhdagi bolalarni tarbiyalash masalalari muhokama qilinadi, guruh ishi bilan bog'liq tashkiliy masalalar qarab chiqiladi, ota-onalarning bayramda ishtirok etishlari haqida gapiriladi.

    Majlislar mavzusini belgilashda va unga tayyorgarlik ko'rishda ota-onalari taklif etilayotgan bolalarni yoshini hisob­ga olish zarur. Shu munosabat bilan o'yin yoki mehnat faoliyat-

    lari haqida masalalar ko'proq o'rin egallash mumkin. Ota- onalarning umumiy majlisi maktabgacha ta'lim muassasalari hamma tarbiyalanuvchilarining ota-onalari uchun yiliga ikki marta o'tkaziladi. Ularni maktabgacha muassasa mudirasi, vrach, tarbiyachilar ishtirokida tashkil etiladi. Umumiy majlislarda ta’lim-tarbiyaviy ishning yakunlari muhokama qilinadi. Birinchi umumiy majlis o'quv yili boshida o'tkazilib, unda mudira ota-onalarni maktabgacha ta'lim muassasining yillik ish rejasi bilan tanishtiradi. Rejaning oila bilan bog'liq qismiga aniq to'xtalib o'tish lozim. Ikkinchi umumiy majlis o'quv yili oxirida o'tkaziladi. Bunda maktabgacha ta'lim muassasining o'tgan yildagi ish yakunlari haqida ma'lumot beriladi. Bolalar muassasida tarbiyalanuvchilarning yashash sharoitlarini yaxshilashda ota-onalarning qo'shgan hissalari ta'kidlab o'tiladi. Umumiy majlislarda bolalar muassasasi jamoasi qanchalik katta va murakkab ishni bajarishni va bu ishda qanday yordam berish kerakligini ishonchli tarzda ko'rsatish kerak. Majlislarda pedagog ma'ruzasining hajmi 20­25 minut ga mo'ljallanadi.

    Ota-onalar bilan MTM xodimlarini birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va uning mazmuni MTM dagi sharoitlarga bog'liq­dir. Birgalikdagi faoliyat kerakli darajada amalga oshiriladigan joyda o'zaro yordam, bir-birini tushunish, topshirilgan ishga javobgarlik holati vujudga keladi. Ota-onalar MTM maydonini ko'kalamzorlashtirish, xonalarni qish mavsumiga tayyorlash, sog'lomlashtirish ishlarini o'tkazishda yordam ko'rsatishlari, bolalarga bayram kostyumlari tayyorlashda, bolalarni sayohatga kuzatib borishda ishtirok etishlari mumkin. Agar ota-onalar orasida fotosuratchilar, tikuvchilar, rassomlar bor bo'lsa, ular MTM ga bevosita yordam ko'rsatishlari kerak. Ota-onalarning ishi ijtimoiy xarakterga ega va ixtiyoriylikka asoslangan bo'lishi kerak. Birgalikdagi ishni to'g'ri tashkil etish uchun yillik reja tuziladi va ko'rinadigan joyga ilib qo'yiladi. Ota-onalardan qaysi kunlari MTMga kelib yordam berishlari mumkinligini so'rash lozim.

    Ochiq eshiklar kuni ota-onalar bilan ishlashning samarali

    shaklidir. Ochiq eshiklar kuni jamoaning o'z kalendar yillik rejasi bo'yicha har bir yosh guruhning maium rejimi bo'yicha odatdagi mehnat kunidir. Bunday kunlarni yiliga 1-2 marta o'tkazish tavsiya qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o'tkazish zarur. Ya’ni ota-onalarga bolalarni jismoniy chiniqtirish, ovqatlantirish, mashg'ulotning borishi, sayr haqida ko'pgina narsalarni ko'rish imkoniyatiga ega ekanliklari haqida maium qilinadi.

    Ota-onalarga esa quyidagilar eslatiladi: bolalar bilan oddiy munosabatda bo'lish, ularning faoliyatida imkon boricha ishtirok etish, tarbiyachiga xalaqit bermaslik, farzandiga tanbeh bermaslik (mashg'ulotlar o'tkazilayotganda).
    Ochiq eshiklar kunini o'tkazishga tayyorlanayotganda fotosuratchini taklif etish, keyinchalik esa «Ota-onalar bizning mehmonimiz», «Bizda ochiq eshiklar kuni» mavzusida foto ko'rgazma tashkil etish mumkin. Bu ochiq eshiklar kunida qatnasha olmagan ota-onalarda qiziqish uyg'otadi.



    Download 1,64 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   223




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar

    Download 1,64 Mb.