26
uzilishining ro’y berishidir. Natijada yuzadagi atomlarning energetik jihatidan
hajmning energetik bog’lanishlari kichik bo’ladi
va atomlar orasidagi masofa
kattalashadi. Real holda har qanday o’stirilgan yoki ma’lum bir texnologik usul
yordamida olingan kristallardan foydalanilganda ularni
ideal sirtga yaqin qilib
tayyorlash zarur.
2.3-rasm. Real va ideal sirtlar atom tuzilishlarining sxematik ko’rinishi
Sirtdagi va hajmdagi atomlar orasidagi masofaning farqi 0.5 Å ga yaqin
bo’lsa, bunday kristallar ideal kristallarga yaqin deb qaraladi. Chunki bu holatlarda
sirtning elektron va kristall strukturalari hajmniki bilan bir xil bo’lib, ularning fizik
xossalarini unchalik o’zgartirmaydi. Agar sirtdagi
atomlar orasidagi farq
hajmnikidan, ya’ni 0.5 Å dan katta bo’lsa, shu kristallning elektron tuzilishi,
jumladan, energetik zonalari va elektronlarning
fazoviy taqsimoti sezilarli
o’zgaradi. Bunday katta siljishlar deyarli barcha yarimo’tkazgichlarda ro’y beradi.
Demak, yuza qatlamlarda relaksatsiya va rekonstruksiya hodisalarning ro’y berishi
shu qattiq jismlarning turiga bog’liq bo’ladi. Real sharoitda turli usullardan
foydalanib, har qanday qattiq jismni ideal holatga
keltirganda ham ularning
tarkibidagi nuqsonlardan qutilish qiyin. Eng asosiy nuqsonlar ularning kimyoviy
tarkibidagi qattiq jism sirti va hajmda turli xil
dislokatsiya
kuzatiladi.
2.1.2.