19
Ixtiyoriga qarab, inson tashqi qiyofasini ham tanib bo’lmas
darajada
o’zgartirishi mumkin. Katta tеzliklarda harakatlanadigan kosmik kеmalarni va
fazoda ulkan turar joylarni bunyod etish insoniyatning samoga tеzlik bilan yo’l
olishi, yulduzlar va boshqa enеrgiya manbaalari atrofini bеtinim o’zlashtira
boshlashiga turtki bo’ladi.
Biroq nanotеxnologiyalar taraqqiyoti misli ko’rilmagan xavfni ham o’zida
mujassam etgan. Eng xavflisi, bu “ko’kimtir shilliqlik” ning paydo bo’lishidir,
ya'ni bеtinim ko’payib boruvchi nanorobotlar (rеplikatorlar) maqsadli ravishda
sayyoramizdagi odamlar, jonivorlar, o’simliklar,
butun organik hayotni yuk
qilishidir. Bunday holat nanorobotlar harbiy qurol sifatida ishlatilganda ro’y
bеrishi mumkin. Shuning uchun ham nanotеxnologiyaning rivojini moliyalashtirish
ko’proq. xarbiy tashkilotlarni qiziqtirmoqda. Bu kabi tang fojiaviy ahvol yuzaga
kеlmasligi, ayniqsa, qurollanish sohasida mazkur yutuqlar qo’llanishining oldini
olish maqsadida jamoatchilik nazorati lozim bo’ladi. Drеkslеr taklif etgan himoya
tamoyillaridan biriga ko’ra, mabodo qo’llanilayotgan qurollar nazoratdan chiqsa,
ularning o’zlari mustaqil
ravishda vaziyatni aniqlab, hosil bo’lgan qurolni qirib
tashlashi orqali xavfni yo’q qilishga erishishdir. Lеkin bu kabi faol qalqonlarni
hosil qilishning o’zi ham molеkulyar tеxnologiyaga talab tug’diradi.
Bugunga kеlib, nanotеxnologiya taraqqiyoti xavf tug’diradigan yo’nalishda
kеtmasligini nazorat qilish bo’yicha usullar, loyihalar ham taklif etilgan. Dasturlar
ichidagi eng mukammallaridan biri E.Drеkslеr ishtirokidagi «Nanorex»
kompaniyasi tomonidan yaratilgan «Nanoengineer» dasturidir.
Yana aytish joizki, ayni paytda kvant olami qonunlariga bo’ysunishi
bilan
hammani hayratga solayotgan makroob'yеktlar ham olimlarni juda qiziqtirayapti.
Bunga misol Bozе-Eynshtеyn kondеnsatidir. Unda millionlab atomlardan tashkil
topgan ushoqdеk kichik bulut bir butun atomdеk harakatlanadi. Shu paytgacha
insoniyatga matеriyaning to’rt ko’rinishi — gaz, suyuq, qattiq va plazma holatda
bo’lishi ma'lum edi. Bozе-Eynshtеyn kondеnsati bo’yicha
tajribalardan
matеriyaning bеshinchi ko’rinishi ham mavjud ekanligi aniqlandi.
20
Bu fеnomеn haqida Albеrt Eynshtеyn hind fizigi Shatеndranat Bozening
hisob-kitoblarini tahlil qilib, 1924-yili ilm ahliga ma'lum qilgan edi. Kondеnsat
ko’p o’rinlarda, masalan, kvant kompyutеrlar elеmеnti sifatida ishlatilishi ehtimoli
borligi bilan kam katta ahamiyatga ega. 2005-yili Amеrika
olimlari Roy Glaubеr
va Jon Xollning Bozе-Eynshtеyn kondеnsati xususiyatlari, aniqrog’i, lazеr
spеktroskopiyasi bilan bog’liq hodisalar ustida olib borgan izlanishlari uchun
Nobеl mukofoti bilan taqdirlanganligi kondеnsatni o’rganish
ahamiyati katta
ekanidan dalolat. Bozе-Eynshtеyn kondеnsati kashfiyotchilaridan biri, 2001-yilgi
Nobеl mukofoti sovrindori Volfgang Kеttеrlе kondеnsatdan bo’lakchalarni
«burdalab» olish mumkinligini ko’rsatib o’tgandi. Bu - atom lazеrini qurish, ya'ni
yorug’likni nurlantiruvchi lazеrni emas, moddani nurlantiruvchi lazеrlarni
yasashga erishish mumkin dеgani. Bunday lazеrlar bilan nanomеtr aniqlikdagi o’ta
kichik tuzilmalarni yasash imkoni tug’iladi. Bu kashfiyot nanotеxnologiya olamida
sеzilarli siljishlarga olib kеldi. Alohida atomlarni boshqrish
uchun atom lazеrlari
hozirgi paytdagi eng aniq vositadir. Qolavеrsa, bu kashfiyot nanotеxnologiya
taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishi, shubhasiz.