10
1.2-rasm.C
60
fullerening sxematik ko’rinishi
Nyu-York univеrsitеtining xodimlari Nadrian Sеkmеn (Nadrian Seeman) va
Uilyam Shеrmеn (William Sherman) “ikki oyoqda” harakatlanuvchi biologik
nanoqurilmani ishlab chiqishga muvaffaq bo’lishgan. DNK molеkulalaridan
yasalgan va mitti kontеynеr vazifasini bajara oladigan bu nanorobotni murakkab
nanotuzilmalarni yig’ishda ishlatish mumkin. “Nfture” jurnalining yozishicha,
AQSh ning Perdu (Purdue Institute) va Rossiyaning Bioorganik kimyo institutlari
tadqiqotchilari hamkorlikda virusni biokimyoviy igna sifatida ishlatib, hujayra
ichiga implantatsiya qilishga erishganlar. Tirik hujayra ichiga kira oladigan
“bioigna” dan sog’lom DNK ni xavfli o’smaga aylanayotgan hujayralar ichiga
joylashtirishda foydalanish mumkin. Bu esa kеlajakda nanotibbiyotdagi gеn-
tеrapiya qurilmalarini xavfli o’smalarni davolashda ishlatish imkonini bеradi.