• Qurg‘oqchilik ofati ham
  • Kuchli shamol, qurg‘oqchilik va uning oqibatlari




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/244
    Sana27.05.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #254799
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   244
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

    6.9. Kuchli shamol, qurg‘oqchilik va uning oqibatlari
    124


    sathining notekisligi hamda daraxtlaming ko‘p bo‘lishi shamollaming 
    yemiruvchi kuchini kamaytiradi. Shuning uchun shamolning yo‘nalishiga 
    ko‘ndalang qilib daraxtlar ekiladi. Mabodo bunday daraxtlar sababsiz 
    yo‘qotilsa, tuproqning yuqori qavat muvozanatining buzilishiga, tuproq 
    tarkibidagi gil va qum zarrachalarining uchirilib ketishligi natijasida yer 
    sathining qum barxanlari bilan qoplanishiga sabab bo‘ladi. Mana shunday 
    holatlar hozirgi kunda Orol bo‘yi hududlarida kuzatilmoqda. Shu- 
    ning uchun bunday favqulodda holatda odamlar yengil, baland qurilgan 
    imoratlardan, elektr tarmoqlari osilgan simyog‘ochlardan, ko‘priklardan 
    uzoqroq joylarda saqlanishlari lozim. Bu ofatdan eng ishonchli saqlov- 
    chi omil - bu himoya inshootlari (metro, yer osti yo‘lkalari, uy laming 
    yem rlalari va boshqalar) hisoblanadi.Bu ofatdan saqlanishning yana bir 
    omili - ofat haqida odamlami o ‘z vaqtida ogoh qilishdir. Albatta, hozirgi 
    paytda ob-havoni bir necha kun oldindan ayta oladigan zamonaviy us- 
    lublar yaratilganki, ulaming bergan m a’lumotlari asosida nafaqat odam- 
    larni, balki uy hayvonlarini, moddiy boyliklami falokatdan asrash, bu­
    zilishi yoki yaroqsiz holga kelishining oldini olish mumkin. Xulosa qilib 
    aytadigan bo‘lsak, kuchli shamol ofati yuz berganda fuqaro muhofazasi 
    tizimlari davlat organlari xodimlari boshchiligida qutqaruv va buzilgan 
    joylarda tiklash ishlarini bajaradi, jabr ko‘rganlarga birinchi tibbiy yor­
    dam ko‘rsatadi.
    Qurg‘oqchilik ofati ham 
    O‘zbekistonga xos bo‘lib, ilgari bunga 
    deyarli e ’tibor berilmagan. Lekin keyingi yillarda ekologiyaning haddan 
    tashqari buzilishi, suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish va boshqa sa- 
    bablar oqibatida bizning mintaqada ham bunday ofat aynan hozirgi paytda 
    kuzatilmoqda. Qurg‘oqchilikda odamlaming o ‘limi, daraxtlaming, ekinzor- 
    laming qurishi, kuchli yong‘inlarning chiqishi va turli xil kasalliklam- 
    ing tarqalishiga imkoniyat yaratiladi. Ta’kidlash joizki, 0 ‘zbekistonda 
    qurg‘oqchilik muammosi Orol dengizi bilan bog’liqdir. Respublikamiz 
    Prizidenti Islom Karimov « 0 ‘zbekiston XX asr bo‘sag‘asida: xavfsiz- 
    likka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida 
    ta’kidlaganidek: «Yaqin-yaqinlargacha ch o i-u sahrolardan tortib olingan 
    va sug‘orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan so‘zlanardi. Ayni chog‘da 
    ana shu suv Oroldan tortib olinganligi, «jonsizlantirib qo‘yilganligi» 
    xayolga kelmasdi, endilikda Orolbo‘yi ekologik kulfat hududiga aylan- 
    di».Ma’lumki, Orol dengizi suvi yildan yilga kamayib, qurib bormoqda. 
    Buning oqibatida dengizga yaqin bo‘lgan joylarda dov-daraxtlar, ekinzo-
    125


    rlar qurib, turli xil kasalliklar ko‘payib boryapti. M a’lumotlarga ko'ra. 
    Amudaryo suvining bor-yo‘g‘i 10 foiz miqdori Orol dengiziga quyilmoq- 
    da. Ammo hozirgi vaziyatda dengizga quyilayotgan suv hajmidan ko‘ra 
    atmosferaga bug‘lanayotgan suv miqdori bir necha barobar ko‘pdir. Shu 
    sababdan hozirgi kunga kelib, Orol dengizi suvining balandligi taxminan 
    17 m pastga tushib ketgan, ya’ni 1960-yillarda uning balandligi 53 m ni 
    tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yida u 36 m ni ko‘rsatdi. Endi Orolni ilgarigi 
    holatiga qaytarish uchun unga 30 km3 suv quyish kerak, bu degan so‘z 
    butun boshli Sirdaryo suvini to‘liq quyish bilan barobardir.

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   244




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuchli shamol, qurg‘oqchilik va uning oqibatlari

    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish