• Yer surilishida uchta bosqich kuzatiladi: 1-bosqich.
  • Yer surilishi ofatining oldindan kuzatiladigan belgilari quyi-




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet106/244
    Sana27.05.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #254799
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   244
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

    Yer surilishi ofatining oldindan kuzatiladigan belgilari quyi-
    dagilardan iborat:
    - qiya sathli hududlarda yoriqlar paydo bo‘lishi;
    - yo ‘llarda uzilishlaming yuzaga kelishi;
    - daraxtlaming to ‘g‘ri o‘smasligi (qiyshayib o‘sishi);
    - uylar devorlarining yorilishi;
    - bino, inshootlar konstruksiyasining buzilishi va boshqa belgilar.
    Diyorimizda yer surilishi xavfi mavjud bo‘lganligidan har yili Vazirlar
    Mahkamasining: «Toshqin suvlari, sel oqimlarini o‘tkazib yuborish va 
    ko'chki hodisalari bilan b o giiq bo‘lgan favqulodda vaziyatlaming oldini 
    olish va ulaming oqibatlarini tugatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbiriar 
    to‘g ‘risidagi»gi qai-ori qabul qilinib, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 
    tegishli tizimlari ofat xavfi bo‘lgan hududlarda muayyan vazifalami 
    bajarishiari talab etiladi. Xususan, xavfli hududlarda: qidirish va ularga
    121


    bog‘liq bo‘lgan kovlash ishlarini olib bormaslik; tog‘ jinsi to‘kilmalarining 
    yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik; temiryo‘l, og‘ir yukli transport vositalari 
    harakat tezligini belgilanganidan oshirmaslik, o‘simlik dunyosini muhofaza 
    qiiish; sug'orish, shudgorlash ishlarini olib bormaslik, imorat, inshootlar 
    qurish; portlatish ishlarini olib bormaslik; oqova va buloq suvlarini 
    oqizmaslik va ayniqsa xavfi yuqori bo‘lgan joylardagi odamlami xavfsiz 
    joylarga ko‘chirish ishlari va boshqa tadbirlar.
    Demak, yer surilish ofatini talafotsiz va qurbonsiz o‘tkazib yuborish 
    uchun, aholimiz ham xavf-xatarni ongli ravishda his etgan holda mas’ul 
    xodimlarga yordam berishlari zarur hisoblanadi. Ba’zi hollarda har 
    qancha ogohlantirishga qaramay, aholi o‘z joylarida qolib, talafotlaming 
    ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
    Yer surilishida uchta bosqich kuzatiladi:
    1-bosqich.
    Surilishning tayyorlanish bosqichi. Bu bosqichda qiya 
    sathlardagi tog‘ jinsi turg‘unligi susayadi, yer sathida turli kenglikdagi 
    yoriqlar paydo bo‘ladi. 
    2-bosqich.
    Tog‘ jinslarining katta tezlik bilan 
    yoki sekin-asta surilishi kuzatiladi. Surilish tezligi yuqorida qayd etilgan 
    omillaming ta’sir darajasiga bog' 1 iq bo‘ladi. 
    3-bosqich.
    Surilishning 
    so‘nish bosqichi. Bunda tog‘ jinslari surilishdan to‘xtaydi. Yer surilishlarini 
    chuqur o ‘rganish - ulami oldindan bashorat qiiish imkonini beradi. 
    Buning uchun kompleks muhandis-geologik qidimv ishlari o‘tkaziladi. 
    Surilishi kuzatiladigan maydonlaming tabiiy sharoiti va geologik muhiti 
    fizik andozalarda o ‘rganiladi, hisoblash ishlari bajariladi.
    Yer surilishi ofati oldidan kuzatiladigan belgilar quyidagilardan 
    iborat: Yer yuzasida yoriqlaming paydo bo‘lishi, yo'llarda uzilishlaming 
    yuzaga kelishi, daraxtlaming to‘g‘ri o‘smasligi (qiyshayib o‘sishi), uylar 
    devorlarining yorilishi, binolar, inshootlar tuzilishida muvozanatining 
    buzilishi va boshqa belgilar paydo bo‘ladi. Mabodo, hududlarda yer 
    surilishi xavfi bo‘lsa yoki harakatdagi surilish kuzatilsa, ularni bartaraf 
    qiiish, oldini olish ishlari bajariladi, chora-tadbirlar belgilanadi. Yer 
    surilishining vujudga kelishi va harakatdagi surilishlarga qarshi olib 
    boriladigan ishlar mazmuniga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
    - Surilishlaming oldini olish usullari.
    - Yer surilishining harakati va ta’sirini bartaraf etish usullari.
    122



    Download 8,77 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   244




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yer surilishi ofatining oldindan kuzatiladigan belgilari quyi-

    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish