6.11. Sel, uning xususiyatlari va talafotlari
Tog‘ hududlarida kuchli yom g‘irlaming yog‘ishi, muzlik va qorlaming
tez erishi natijasida hosil bo‘lgan daryo toshqinlarini, tog‘ yonbag‘rilarida
nuragan log' jinsi boTaklarining suv oqimi bilan tekislikka tomon oqib
tushishi sel hodisasi deb yuritiladi. Sel oqimi massasining taxminan
50-60 foizi turli kattalikdagi tog‘ jinsi boMaklaridan, o ‘simlik va daraxt
boTaklaridan iborat bo‘ladi. Sel oqimining davomiyligi 0,5-2 soatdan
12 soatgacha, tezligi 5-8 m/s dan 12 m/s gacha yetishi mumkin, sel
massasining zichligi esa 1,2-1,9 t/m3 ni tashkil etadi.
127
Sel oqimlarining tezligini 3 guruhga bo‘1ish mumkin: juda tez (100
ming m3 dan ko‘p sel massasining harakati, 6-10 yilda bir marta ),
o ‘rtacha (10 dan 100 ming m3, 2-3 yilda bir marta) va kuchsiz (10 ming
m3 dan kam ).
1988-yil 29-yanvarda Kos-Uzen qishlog‘ida (Qozog‘iston) 80 m
balandlikdan hajmi 200 mln. m3 boigan qum, tosh va loy aralash sel oqimi
harakatga kelib, 115 m uzunlikdagi temir-beton ko‘prikni, ko‘plab insonlaming
uy-joylarini, og‘ilxonalami buzib odamlaming o‘limiga sabab bo‘ldi.
Bunday fizik ko‘rsatkichlarga ega oqim juda katta kuch bo‘lib,
xalq xo‘jaligiga sezirarli zarar keltiradi, oqim yo‘!ida uchragan suv
inshootlarini, yo‘llarni, qishloq va shaharlami, bog'I ami, ko’priklarni
vayron qilib ketadi, ulkan maydonlarni loy, qum, tosh qatlamlari bilan
ko'rnib tashlaydi. Sel - arabcha so‘z bo‘lib, tog‘li hududlardagi suv
toshqini m a’nosini anglatadi. Sel oqimlari o‘zi bilan olib keladigan qattiq
zarrachalaming o ‘lchamiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
- suv-toshli sellar;
- loyqa sellar;
- aralash sellar.
Yer yuzida yuz bergan ofatli sellarga misol qilib, 1934-yilining yangi
yil kechasi AQSHning Los-Anjeles shahri atrofida kuzatilgan sel oqimini
ko‘rsatish mumkin. Shu kuni shaharga yaqin Kordelyera tog'ida kuchli
yom g'ir yog‘ib, uning miqdori 538 mm ni tashkil etdi. Yomg‘ir tinishi-
dan sal oldinroq tog‘dan katta tezlikda suv toshqini pastga harakat qil-
gan. Bu suv toshqini 100 m masofagacha yoyilsb, unga yaqin bo‘lgan
ikki shahar - Lya Kreket va Montero shaharlariga katta talafot yetkazdi.
Suv oqimi tolqinining balandligi 6 m gacha yetgach, o‘z yo'lida 500 ta
ko‘prikni, bir qancha imoratlar va inshootlarni vayron qilgan, qanchadan
qancha odamlami boshpanasiz qoldirgan. Markaziy Osiyoda eng kuchli
sel oqimlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahridan o‘tuvchi,
shahar nomi bilan ataluvchi daryo vodiysida kuzatilgan. Masalan, 1921-
yil 8-iyun kuni kechqurun yuz bergan sel oqimi shaharga olib kelgan tog‘
jinslari 100 mingta vagonga jo bo‘lgan. Bu ofat natijasida 400 dan ortiq
kishi halok bo‘lgan. Sel oqimining vujudga kelishiga tog'li hududlardagi
qorlar va muzliklaming erishi, kuchli yomg‘ir yog‘ganligi sabab bo‘lgan.
Olma-ota shahri va uning atrofida juda ko‘p talafotli sel oqimlari ku
zatilgan. Ulardan yana biri Medeo sel to‘g‘oni qurilgandan keyin, 1973-
yil 15-iyul kuni ro‘y berdi. Shu kuni kuchli yom g‘ir ta’sirida baland
128
tog‘likdagi tabiiy ko‘l to‘g‘onlarining buzilishi natijasida kuchli sel oqimi
hosil bo‘ldi. Bu oqim taxminan 2 soat davom etib, uning sarfi 2000-3000
m3/s ga yetgan va Medeo to ‘g‘oniga 400000000 m3 sel massasi olib kelib
tushgan. Ertasi kuni sel qayta takrorlanganda Medeo seli to‘g ‘ondan
oshib ketishiga atigi 6 m masofa qolgandi. Agar sel to‘g‘ondan oshib
harakatlansa, Olma-ota shahriga juda katta xavf tug‘dirishi mumkin edi.
Shuning uchun buning oldini olish maqsadida to‘g‘ondagi suv asta-sekin
chiqarilib yuborildi va to‘g‘onning balandligini 150 m gacha ko‘tarildi.
O ‘zbekiston Respublikasining Toshkent, Qashqadaryo, Surxandaryo va
Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlari sel ofati bo‘ladigan zonalar hi
soblanadi.Oxirgi 100 yil ichida 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida 2500
dan ortiq sel oqimlari kuzatilgan. Bulardan 1400 dan ortig'i loyqa, 350
dan ortig‘i suv-toshli, 650 dan ortig‘i aralash sellardir. Respublikamiz
ning Farg‘ona vodiysida, Toshkent oldi hududlarida sel oqimlari tez-tez
kuzatilib turiladi. Sel oqimlari respublikamiz hududida bahor mavsumida
va yozning birinchi oyida yuz beradi. Bunga hududimiz joylashgan min-
taqaning tabiiy sharoiti - bahor oylaridagi kuchli jala, yomg‘irlar, ha-
roratning issiq kelishi, tog‘larda muzlik va qorlaming tez erishi, daryo
o‘zani qiyaligining 3-5° dan kattaligi, suv yig‘ish maydonida zarracha-
lari bog‘lanmagan bo‘shoq tog‘ jinslarining mavjudligi asosiy omillardan
hisoblanadi. Shu o‘rinda Farg‘ona viloyatining Shohimardon qishlog‘ida
1998-yil yozda bo‘lgan sel falokati to‘g‘risidagi maTumotni keltirsak.
Havoning birdan isib ketishi natijasida Qirg‘iziston Respublikasining
0 ‘sh viloyati tog‘laridagi qorlaming erishi tezlashib, buning oqibatida
1998-yilning 7-iyulidan 8-iyuliga o‘tar kechasi katta suv oqimi paydo
bo‘ldi. Bu oqim Shohimardon soyiga qo‘shilib, uning suv sig‘imini 200
m3/s ga ko‘paytirib yubordi va kuchli oqim natijasida 52 ta xo‘jalik, 36
ta dam olish maskanlari zarar ko‘rdi. 8-9-iyul kunlari odamlarni Shohi
mardon qishlog‘idan ko‘chirish ishlari boshlangan. Bu ofat oqibatida 104
nafar odam jasadi topildi, 68 ta har xil uy hayvonlarining tanalari topi-
lib, ko‘mib tashlandi. Kuchli sel oqimi natijasida 15 km gaz o‘tkazish,
14 km avto yo‘l, 4 ta yirik avtomobil ko‘prigi, 3 km suv o ‘tkazish ti
zimlari, 3 km elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz holatga kelgan, 200 dan
ortiq savdo shoxobchalari butunlay vayron bo‘ldi. Bu tabiiy ofat oqibat-
larini bartaraf etishga 2000 ga yaqin fuqaro, 438 ta texnika jalb qilindi.
2002-yilning iyul oyida xuddi shu yerda Vodil qishlog‘ida sel ofati ro‘y
berdi. Ofat o‘chog‘i Qirg'izistoning Qadamjoy tumanidsr* bosiv" :g n
129
kuchli jalayom g‘iri oqibatida Shohimardonsoy daryosidagi suv sathi keskin
ko'tarilib, Vodil qishlog‘iga katta sel oqimi yopirilib keldi. Bu ofat Vodii
qishlog‘i hududlaridagi uvlarga, yo‘llarga, ekinzorlarga, kommunikatsiya ti~
zimlariga katta zarar yetkazdi. Jumladan, 88 ta xonadon shikastiandi. 11 km
uzunlikdagi yo‘l, 6 ta ko‘prik, 5,5 km aloqa tarmog'i, 2,7 uzunlikdagi gaz
quvurlari jiddiy zararlandi. Sel oqimlarining oldini olish, ularga qarshi ku-
rashish, sel bo‘lishi mumkin bo igan maydonlami aniqiash, ularning vujud
ga kelish sabablarini chuqur o‘rganish, atrof muhitni muhofaza qilishning
asosini tashkil etishda katta xalq xo‘jalik ahamiyatiga ega. Shuning uchun
sel hodisasini bartaraf qiiish maqsadida olib boriladigan ishlar ilmiy, amaliy
xulosalarga, chora-tadbirlarga asoslangan boiishi kerak.
|