|
4-Mavzu. Ommaviy qirg’in qurollar, ularning ta`sir xususiyatlari va talafotlari. Reja
|
bet | 1/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 78,55 Kb. | | #231959 |
Bog'liq 4-Mavzu. Ommaviy qirg’in qurollar, ularning ta`sir xususiyatlari
4-Mavzu.Ommaviy qirg’in qurollar, ularning ta`sir xususiyatlari va talafotlari.
Reja:
Qirg‘in qurollar haqida tushuncha
Ommaviy qirg’in qurollarning klassifikatsiyasi, ta’sir xususiyatlari va keltirаdigan talafotlari.
Tayanch sо‘z va iboralar: struktura, tarmoq, vazirlik, tuzilma, ma’lumot almashuv, umummaqsadli, muhofaza, chora-tadbir, qutqatuv, tibbiy yordam, sanitariya, obrabotka, dizenfeksiya, dezaktivatsiya, radioktiv, texnogen, tabiiy, zilzila, mognituda, ball, o’lchov ishlari, avariya-qutqaruv, maxsus tayyorgarlik.
Qirg‘in qurollar haqida tushuncha. Qirg‘in qurollar deganda juda katta miqyosda vayronagarchilik va yо‘q qilish uchun mо‘ljallangan qurollar tushuniladi.Bunday qurollar qatoriga yadroviy, kimyoviy, biologik, nurli va boshqa qurollar kiradi.
Qirg‘in qurollar nafaqat insoniyatni, balki atrof-muhitni, inshootlarni, kiyim-kechaklarni, moddiy boyliklarni shikastlantiradi. Bunda albatta, zararlanish darajasi, qirg‘in qurollarning turiga, xususiyatlariga bog‘liq. Jumladan, yadroviy qurollar tirik mavjudotlarni ham, jamiki inshootlar, texnikalarni qattiq shikastlantiradi.
Kimyoviy qurollar ta’sir etgan jamiki mavjudotlar moddiy resurslarni zaharlab, oldingi holatiga qaytarib bо‘lmaydigan darajaga tushirib qо‘yadi, ya’ni zaharlaydi.
Biologik qurollar asosan tirik mavjudotlarda, kuchli kasallik tarqatish orqali qо‘yilgan maqsadga erishiladi.
Keyingi paytda NATO armiyasida, Rossiya qurolli kuchlar tarkibida nurli qurollar yaratildiki, bular ham qо‘llanilganda insoniyatga, atrof-muhitga, inshootlarga, harbiy texnikalarga katta zarar yetkaziladi. Nurli qurollarning ta’sir etish xususiyati termomexanik ta’sirga asoslangan, ya’ni nurlar dastasi nishonga urilganda, u suyuladi yoki parlanadi (bunda nishonning suyulish haroratiga qarab о‘zgaradi). Nurli qurolning shunday xususiyatidan foydalanib, dushmanning harbiy texnikalarini, qurollarini yaroqsiz holatga keltiriladi. Nurli qurollarning tipik vakili bu yuqori chastotali oq nurlar dastasi - lazer nuri hisoblanadi.
Nurli qurollarning termomexanik ta’sir xususiyatini quyidagicha tasvirlash mumkin:
T0C
|
| |