(takomillashgan) turlaridan foydalanish orqali ish xonalariga issiqlik
kirishini kamaytirishga erishiladi. Masalan, p o ia t quyish sexlarida elektr
pechlaridan foydalanish, metallarai mexanizmlar yordamida toblash,
metallurgiya pechlarini avtomatlashtirish, issiq mahsulotiami alohida
xonalarda sovutish va boshqa jarayonleirni aytish mumkin.
Ikkinchi
tomondan, bajariladigan ishlami mexanizatsiyalashtirish mehnatni
yengillashtiradi, energiya sarflarini kamaytiradi, shu tariqa organizmning
issiqlab ketish imkoniyatini kamaytiradi. Jarayonlarni masofadan turib
boshqarish ham nurlanish manbayi bilan ishchi o ‘rtasidagi masofani
uzaytiradi va bu ishchiga ta’sir qiladigan radiatsiya kuchini kamaytiradi.
Uskunalar yuzasini issiqlik chiqishini kamaytiruvchi materiallar bilan
qoplash, ishchilami nur va shu’lalanish issiqligidan muhofaza qiladigan
himoya ekranlarining qurilishi ham ijobiy natijalarni beradi.
Bunda
ekranlar vazifasini issiqlik chiqishini kamaytiruvchi materiallar bilan
qoplangan to'siqlar, pech tuyniklari ichida suv aylanib yuradigan
sovutgichli ichi g ‘ovak uskunalar, suv purkaydigan to ‘siqlar, issiq
gazlar haroratini kamaytiruvchi to‘siqlar bajarishi mumkin. Jumladan,
domna pechlari va ayrim isitadigan pechlar yuzasini oqar suv aylanib
yuradigan ichi g‘ovak eki'anlar bilan qoplash ish maydonchasidan havo
haroratini 50°C dan 28—30“C
gacha pasaytirishi, infraqizil nurlanishni
ham bartaraf etishga erishiladi. Xonalardagi ortiqcha issiqlikni
yo‘qotishda shamollatish ham muhim rol o ‘ynaydi. Ayrim ish joylari va
zonalarida normal mikroiqlimni vujudga keltirish uchun havo dushlari
tashkil qilinadi. Shu asnoda qator ishlab chiqarish korxonalarida havoni
m oiadillashtirish (shamollatish)dan keng foydalaniladi. Mehnat qilish
va dam olishning oqilona rejimini tashkil qihsh uchun,
ish kununi
qisqartirish, qo‘shimcha tanaffuslar joriy etish, samarali hordiq chiqarish
uchun sharoitlar yaratish y o ii bilan amalga oshiriladi. Bu borada
mamlakatimizda yuqori haroratli sexlardagi ko‘pgina kasblar uchun
6 soatli ish kuni belgilangan. Bunda ishni o ‘z vaqtida boshlash, ko‘p
smenali ishlarda esa issiq davrni (soat 12 dan - 16 gacha) smenalar
o ‘rtasida bir m e’yorda taqsimlash lozim. Qo‘shimcha tanaffuslami
(tushlik tanaffusidan tashqari) necha marta va qancha muddatga tashkil
etish fiziologik tekshirishlar asosida belgilanadi.
Ulaming davomiyligi
toliqish belgilarini y o ‘qotishga va tashqi muhitga raoslashuv jarayonini
m e’yorga solishga imkon beradigan b o iish i kerak. Dam olish vaqtida
ishchi ob-havo sharoitlari normal (18-20“C) haroratda, dam olish uchun
36
maxsus o ‘rindiqlar, stullar, kresloiar b oig an xonada b o iish i kerak.Agar
alohida xonada dam ohsh tashkil qilish imkoni boim asa, ish joylari
yaqinida dam olish zonalari tashkil etilib, bunda
shamollatish vositalari
bilan normal harorat va havo harakati saqlab turiladi. Kiyim-boshni
hoilash, suv bilan b o g iiq tadbirlar (smena maboynida 2-3 marta)
organizmdan ortiqcha issiqlikni tez chiqaradigan qo‘shim.cha vositalar
hisoblanadi. Shu maqsadda ish joylariga yaqin dushxonalar tashkil
etiladi. Oqilona ichimlik rejimini tashkil etish organizmdan yo ‘qotilgan
namlik, tuzlar va darmondorilarning o ‘rnini qoplash uchun kerak. Bir
smenada 4-4,5 kg tana massasini yo‘qotadigan sexlarning ishchilari tuz
qo‘shilgan gazli suv (0,5% NaCl eritmasi) bilan ta’minlanishi zarur. Bir
smenada 3-3,5 kg gacha tana massasini yo‘qotadigan ishchilarga ovqat
ratsioniga tuz qo‘shib beriladi. Ular oddiy gazli suv, ba’zan issiq choy
va organizm faoliyatini oshiradigan hamda yo'qotilgan darmondorilar
o ‘rnini qoplaydigan boshqa ichimliklar bilan ta’minlanadilar.
Issiqlab ketish va issiqlik nurlanishining boshga hamda ko‘zga
salbiy ta’sirini kamaytirishda shaxsiy saqlovchi
vositalari muhim rol
o‘ynaydi. Korxona keng, himoya kiyimlari m o i va qulay tikilgan,
matosi esa bugianishi va issiqlik berishi qulay b o ig an matolar (tabiiy
ip-gazlama, z ig ir poyasidan to‘qilgan matolar)dan tayyorlanishi zarur.
Issiqlik nurlanishidan himoya qilish uchun esa yuzasiga tushadigan
infraqizil nurlami qaytamvchi yupqa metall qatlamli (aluminiy qatlamü)
matolar qoilaniladi. Boshni issiqlik radiatsiyasidan himoya qilish uchun
dyuraluminiydan tayyorlangan kaskalar, enli kigiz qalpoqlar, ko‘zni
himoya qilish uchun esa ko‘zoynaklar qoilaniladi.
Ochiq havoda ishlaganda doimiy ish joylarida quyosh nurlaridan
himoya qiladigan soyabonlar qurish zarur.
Mashina kabinalari ochiq
ranglarga bo‘yaladi, issiqlikni muhofaza qiladigan materialiar esa havoni
mo'tadillashtiruvchi vositalar bilan jihozlanadi. Dam olish joylarining
ish joylari yoniga qurilishi, quyosh va shamollardan pana qilinishi va
dushxonalami qurish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, sovutilgan ichimlik
suvi va choy hamisha boiishi zarur.
37