nadi. Boshlanishida bu belgilar kam sezilarli bo‘lib,
halloslash faqat
jismoniy ish bajarganda paydo bo‘ladi. Kasallik kuchaygan davrda na
fas yetishmasligi va halloslash, oddiy ishlami bajarganda va hatto tinch
holatda turganda ham ro‘y beradi.Ishlab chiqarishdagi
changiar faqat
pnevmokoniozning yuzaga kelishiga sabab bo'lmay, balki nafas yo‘llari,
teri va shilliq qavatning boshqa kasalliklarini ham keltirib chiqaradi.
Bularga teri hujayralarining ko ‘chishi, har xil toshmalar, ekzema, der-
matitilar kiradi.
3.5. Changlaming salbiy ta’sirlariga
qarshi chora-tadbirlar
Chang kasalligining oldini olishda quyidagi chora-tadbirlar qo‘llaniladi:
-
qonuniy tartibdagi choralar;
- changning hosil bo‘lishi va tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar;
- shaxsiy muhofaza tadbirlari.
0 ‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga asosan,
ishlab
chiqarish changlarining ta’sirida ishchilar ishga kirishdan oldin tibbiy
ko‘rikdan o‘tkaziladi. 0 ‘pka sili va uning o‘pkadan tashqaridagi turlari,
yuqori nafas yo‘llari
va bronxlar kasalligi, yurak-tomir tizimlari kasallik
lari va boshqalar bilan og‘rigan kishilar changli ishlarga qabul qilinmaydi.
Jumladan, 20 yoshgacha bo‘lgan shaxslar changli ishlarga qo‘yilmaydi.
Chunki pnevmokonioz yoshlarda tezroq rivojlanadi va kattalardagiga qa
raganda og‘irroq o ‘tadi.
Sanoat korxonalaridagi xonalar va ish joylaridagi havo muhitidagi
changiar ishlayotganlar sog‘ligiga xavf solmasligini ta’minlash maqsadida
chang miqdorining yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD), sanitar-gi-
giyenik m e’yorlari belgilangan hujjatlar asosida tashkil etiladi. Eng ko‘p
tarqalgan va xavfli changlaming umumiy sanitariya (YQOD)si SN245-71
va GOST 12.01.005-76 da «Ishchi zonasining havosi» umumiy sanitari
ya-gigiyena talablari keltirilgan. Eng zararli
changlarga eng past miqdor
belgilangan yo‘riqnoma yoki ba’zi bir changlaming yo‘l qo‘yiladigan ox
irgi darajasi (YQOD) 4-jadvalda keltirilgan.
41