Mehnat faoiíyatíga ob-havo muhitining ta’siri




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/168
Sana22.06.2024
Hajmi9,03 Mb.
#265232
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168
3.1. Mehnat faoiíyatíga ob-havo muhitining ta’siri
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari (texnosfera) havo 
muhiti quyidagi ko'rsatkichlar orqali belgilanadi:
- havo harorati, “C;
- havoning nisbiy namligi, %;
- havo bosimi, mm. simob ust. yoki Pa;
- havo harorati yo'nalishi, m/c bilan aniqlanadi.
Bulardan tashqari metereologik sharoitga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish 
omillari ham mavjud b o iib , ulardan ishlab chiqarish korxonalaridagi 
har xil qurilma-uskunalar va ishlov berilayotgan materiallar, moddalar 
yuzasidan tarqaladigan issiqlik nurlari havo haroratining oshishiga olib 
keladi. Aynan mana shu omillar ish joylaridagi mikroiqlimni tashkil etadi.
Mikroiqlim omillari insonning mehnat faoliyatiga, s o g iig ig a juda 
katta ta’sir ko'rsatadi. Chunki, mikroiqlim omillarining bir vaqtda 
hammasi deyarli ta’sir qiladi. Masalan, sovuq sharoitda isituvchi omillar 
hamda shu bilan birga texnologik jarayonlardan ajralib chiqadigan bug' 
va parlar hisobiga nisbiy namlik ortib ketganida, uni normallashtiruvchi
30


omil bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda bu omillarning bir-biriga qo‘shilib 
ketishi natijasida zararli ta’sirlar ortib ketishi mumkin. Masalan, nisbiy 
namlik va haroratning ortib ketishi inson uchun og‘ir sharoitni vujudga 
keltiradi. Bundan tashqari ish joylaridagi havo harakatining oshishi harorat 
yuqori bo‘lgan vaqtda ijobiy natija beradi, harorat past bo'lgan vaqtda 
esa salbiy natijaga olib keladi. Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarishning 
ob-havo omillari inson organizmi issiqlik boshqarilishining buzilishiga 
sabab bo'ladi. Organizmning issiqlik boshqarilishi fiziologik va kimyoviy 
jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36-37,6 “C) saqlab 
turish demakdir. Tana haroratining ko‘rsatilgan darajadan ortib ketishini 
«issiqlash», sovushini esa «sovish» deb ataladi. Issiqlash va sovush 
mehanat faoliyatini buzuvchi halokatli holatni vujudga keltirishi mumkin. 
Shu sababdan ham inson organizmining tashqi muhit bilan moslashuvi 
(fiziologik mexanizmi) markaziy nerv sistemasining nazorati ostida 
bo'ladi. Bunday fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda 
modda almashuvi natijasida issiqlikning ortiqchasini tashqariga chiqarib, 
issiqlik balansini ushlab turadi. Tashqi muhitga moslashuv ikki xil; fizik 
va kimyoviy boiadi. Kimyoviy tashqi muhitga moslashuv, organizmning 
issiqlash davrida modda almashinuvini kamaytirishi va sovushida esa 
modda almashuvini oshirishi mumkin. Organizmning tashqi muhitga 
issiqlik chiqarishi uch yo‘l bilan o‘tishi mumkin:
- odam tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish orqali 
(radiatsiya) havo alraashinuvi;
- tanani o‘rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya);
- terining terlab, bugianishi va nafas olish y o ilari orqali 
suyuqliklarning bugianishi natijasida.
Normal sharoitda kuchsiz havo harorati b o ig an holda harakatsiz 
odam organizmi infraqizil nurlanishi orqali organizm ishlab chiqargan 
issiqlikning 45%, konveksiya orqali 30% va terlash orqali 25% ni 
yo ‘qotishi mumkin. Infraqizil nurlanish va konveksiya orqali issiqlikni 
yo‘qotish faqat tashqi muhit harorati tana haroratidan past b o ig an hollarda 
b oiishi mumkin. Shuni qayd qilish kerakld tashqi muhit harorati qancha 
kam b o isa , issiqlik yo‘qotish shuncha kuchli bo iadi. Agar tashqi muhit 
harorati tana haroratidan yuqori yoki teng b o isa , u holda issiqlik ajralish 
terlab bugianish hisobiga b oiadi. Masalan, 1 g. teming bugianishi 
uchun 2,5 KJ (0,6 kkal) issiqlik yo ‘qotilishi mumkin. Organizmdan 
chiqadigan teming miqdori tashqi muhit haroratiga va bajarilayotgan ish
31


turiga bogiiq. Jumladan: harakatsiz organizmda tashqi muhit harorati 
15“C b o isa, terlash juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil etadi, 
harorat yuqori b o isa (30‘’C va undan yuqori), ayniqsa, o g ir mehnat 
ishlami bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi. Masalan, issiq 
sexlarda, o g ir ishlar bajarilishi natijasida terlashning miqdori soatiga
1-1,5 / ga yetadi, terlashga sarflanadigan issiqlik miqdori esa 2500- 
3800 kj (600-900 kkal) ni tashkil etadi. Terning bugianishi havoning 
harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimning materialiga bogiiq. 
Agar issiqlik yo‘qotilishi faqat terlash orqali amalga oshirilayotgan 
sharoitda havoning nisbiy namligi 75-80% dan ortiq bo isa, terning 
bugianishi qiyinlashadi va organizmning tashqi muhitga moslashuvi 
buzilib, organizmda issiqlik koiariladi. Kuchsiz issiqlik ko‘tarilishi tana 
haroratining yengil koiarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, sovuq qotish, 
nafas olish va qon tomirlar urushining tezlashishi bilan xarakterlanadi. 
Agar kuchli issiqlash yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi, qattiq 
bosh og‘r ig i kuzatiladi, bosh aylanadi, nutq qiyinlashadi. Inson tanasida 
issiqlik koiarilishi uning terlashi orqali ko‘p miqdorda kerakli tuzlarning 
kamayishiga olib keladi. Bu holatda teri hujayralaridagi tuz miqdorining 
kamayishi, terining namlikni (suvini) ushlab turish xususiyatining 
susayishiga olib keladi. Bunda inson organizmi tinmay ichilayotgan 
suvni chiqarib yuborib, kuchli chanqoqlikni keltirib chiqaradi. Bu esa 
organizmning suv bilan zaharlanishiga olib keladi. Bunday holatlarda 
organizm paylarida qaltirashlar paydo boiishi, qonning quyuqlashishi va 
kuchli terlash hamda tana haroratining 40-41°C ga koiarilishi kuzatiladi. 
Qaltirash kasalligi va tana harorati koiarilishining oldi olinmasa, o iim
bilan yakunlanishi mumkin. Shuning uchun ishlab chiqarish korxonalarida 
tashkil qilinayotgan gigiyenik shart-sharoitlar yuqoridagi qaltirash va 
issiqlik urish kasalliklarining oldini oladi. Yuqori haroratli ishlab chiqarish 
tarmoqlarida aynan organizm yo‘qotadigan tuzlami tiklash uchun maxsus 
ichimliklami tayyorlash (fitobar) tashkil etilgan. Inson organizmiga past 
haroratli ta’sirlar ham uning fiziologik jarayonlarining buzulishiga, ish 
qobiliyatining susayishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi. 
Past harorat ta’sirida qon tomirlari torayadi, uzoq vaqt ta’sir qilishi 
natijasida qon tomirlari faoliyati buzilib, organizmning sovuq qotishi 
seziladi. Asab tizimlarining sovuq qotishi natijasida suyak, q o i, oyoq va 
bei bo‘gim larida kuchli og‘riq, o‘pkaga suv yigilishi (plevrit), bronxit 
va boshqa shomollash bilan bo'gliq kasalliklar yuzada keladi. Inson
32


organizmiga sovuqning ta’siri, ayniqsa, iiavo harakati kuchli boiib, 
havoning nisbiy namligi yuqori b o ig an vaqtda kucMi b oiadi. Chunki, 
sovuq haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi oikazadi va konveksiya 
orqali issiqlik yo'qotilishini kuchaytiradi.
3.2. Ishlab chiqarish m ikroiqlim ining 
gigiyenik m e’o yrlari
Ishlab 
chiqarish 
mikroiqlimi 
m e’yoriari, 
mehnat 
xavfsizligi 
standartlari tizimiga, «Ish zonasi mikroiqlimi»ga asosan belgilangan. 
Sanoat korxonalarida xonalarning turi, yil fasllari va ish toifesiga qarab, 
ulardagi havo harorati, nisbiy namligi va havo haroratining tezligi 
ish joylari uchun ruxsat etilgan m e’yoriari belgilangan. Ish toifalari 
quydagicha belgilanadi:
Yengil jisiuoniy ishlar (I toifa) - o iirib , tik turib yoki yurish bilan 
b o g iiq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy zo iiq ish yoki yuk 
koiarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172j) 
ni tashkil etadi. Bularga tikuvchihk, asbobsozlik, soatsozlik va shu kabi 
korxonalar kiradi.
0 ‘rtach a ogiriikdagi jismoniy ishlar (II toifa) - soatiga (150-250 
kkal) yoki (172-293 j) energiya talab etiladigan faoliyat turlari kiradi. 
Bunga doimiy yurish va o g ir boim agan (10 kg gacha) yuklarni tashish 
bilan b o giiq b oigan ishlar kiradi. Jumladan, ip yigiruv, to‘qish ishlari, 
mexanik o‘quv, payvandlash sexlardagi ishlar va boshqalar.
Og‘ir jismoniy ishlar (III toifa) - muntazam jismoniy zo‘riqish, 
xususan, o g ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi 
joyga ko‘chirish va koiarish bilan b o g iiq ishlar kiradi. Bunda energiya 
sarfi soatiga 250 kkal (293 j) dan yuqori boiadi. Bunday ishlarga 
temirchilik va boshqa o g ir ishlar kiradi. Harorat, nisbiy namlik va havo 
haroratining tezligi me’yordagi hamda y o i qo‘yilishi mumkin b o ig an 
miqdorlar ko‘rinishida normallashtiriladi.
Me’yorlardagi miqdorlar deganda, odamga uzoq vaqt va doimiy 
ta’sir qilgan tashqi muhitga moslashishni buzmasdan, organizmning 
normal faoliyatini va issiqlik holatini (haroratini) saqlaydigan mikroiqlim 
ko‘rsatkichlari yigindisi tushuniladi.
33



Download 9,03 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat faoiíyatíga ob-havo muhitining ta’siri

Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish