|
DINB204
DINSHUNOSLIK
DINB204 Pdf ko'rish
|
bet | 11/15 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 441,33 Kb. | | #138200 |
Bog'liq Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyatiDINB204
DINSHUNOSLIK
DINB204
10
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
4. Dinning jamiyatdagi funksiyalari. Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini
farqlash lozim, ular bir biri bilan bog’liq, lekin o’xshash emas. Funksiya - bu dinning
jamiyatdagi harakat usuli bo’lsa, rol - bu funksiyani bajarish natijalarining jami
yig’indisidir. Dinning bir nechta funksiyalari mavjud: dunyoqarashni shakllantirish,
kompensator, kommunikativ, regulyativ, integrallash-dezintegrallash, madaniyatni
targ’ib qilish (kulturotransliruyuщaya), legitimirallashtirish-legitimiralni olib
tashlash.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga
nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din
hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to’la va undagi
ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va
idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad
etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o’z ichiga oladi. Diniy
dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg’u va mezonlarni belgilaydi. Bunda
mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar
doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun
umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg’izlik, tushkunlikdan ozod bo’lishni qo’llab-
quvvatlaydi.
Kompensator funksiya ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham
turmushning obyektiv shart-sharoitlarini o’zgartirishdagi cheklanish, qaram bo’lish
va ojizlikni to’ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy
guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo’ladi; diniy
tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni
qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. Umuman
olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va ma’naviy ozuqa
olish kabi kompensasiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir.
Kommunikativ funksiya muloqotni ta’minlaydi. U ham diniy, ham diniy
bo’lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o’zaro
ta’sir ko’rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o’zaro bir-birlari bilan
muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditasiya, maxfiy qarashlar paytidagi
mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta,
o’lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.
Regulyativ funksiya ma’lum bir g’oyalar, qadriyatlar, yo’l-yo’riqlar, stereotip
qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning
faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me’yorlar
tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko’psonli misollar),
|
| |