|
DINB204
DINSHUNOSLIK
DINB204 Pdf ko'rish
|
bet | 12/15 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 441,33 Kb. | | #138200 |
Bog'liq Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyatiDINB204
DINSHUNOSLIK
DINB204
11
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag’batlantirish va jazo berish (haqiqiy va
o’limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim ahamiyatga ega.
Integrasion-dezintegrasion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir
tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integrasiya shaxslar, ayrim
ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni
saqlasa, dezintegrasiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integrasion funksiya ma’lum bir
ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. Agar
shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo’lmagan g’oyalar,
ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo’lsa,
dinning funksiyasi dezintegrasion bo’ladi.
Madaniyatni targ’ib qilish funksiyasi oldin madaniyatning ma’lum bir
qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan
bo’lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag’batlantirib, ba’zilarini inkor etgan
holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko’paytirish, ilmiy-ma’naviy merosni
nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash funksiyasi ba’zi jamoat
tartiblari, institutlar, munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida
qonuniy qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga
oshiradi. Din ma’lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida
ba’zi ko’rinishlarga, ularga ma’lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi.
Bunda majburiy va e’tiroz qilib bo’lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida,
birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olib, ularni hamma
uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning
bahamjihat yashashiga ko’malashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini
mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib
o’tishlarida kuch bag’ishlagan; to’rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy
qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va
shu yo’l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan.
|
| |