DINB204 DINSHUNOSLIK  DINB204




Download 441,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana15.01.2024
Hajmi441,33 Kb.
#138200
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyati

DINB204
DINSHUNOSLIK 
DINB204
13 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
3. Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga ko’ra Mesopotamiya dinlari, 
Suriya mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Onado’li dinlari, Fors dinlari 
tarzida tasniflanadi. 
4. Dinlarning mamlakatlar hududlariga ko’ra Falastin dinlari
Arabiston yarim oroli dinlari, Meksika dinlari, hind dinlari, Xitoy dinlari
Yapon dinlari tarzida tasniflanadi. 
Uzoq Sharq dinlari kabi ba’zi mintaqa dinlarini diniy mavzusiga ko’ra 
aniq belgilash imkoni bo’lmagan ko’p hollarda jo’g’rofiy tasnif qulay ilmiy 
tasnifdir. Masalan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini tavhid 
(yakkaxudolik, monoteizm) asosida umumlashtirilsa, Uzoq Sharq dinlarini 
yagona diniy tushuncha asosida umumlashtirib bo’lmaydi. Bunday holatda 
muammoning yechimi sifatida jo’g’rofiy tasnifga murojat qilish mumkin. 
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum millat yoki 
xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko’ra turli guruhlarga bo’linadi. Bu 
guruhlar son jihatdan qancha bo’lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik yetuk 
bo’lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo’lmaydi. Chunki har qanday tasnif 
ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi kunda 
din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud: 
− 
tarixiy-geografik jihatga ko’ra; 
− 
etnik jihatga ko’ra; 
− 
e’tiqod qiluvchilarining soniga ko’ra; 
− 
hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o’lik diniy tizimlar) va h.k. 
Bugungi kunda, dinshunoslikka bag’ishlangan adabiyotlarda asosan quyidagi 
tasnif keltiriladi: 
1) primitiv diniy tasavvurlar (urug’-qabila dinlari) - totemistik, animistik 
tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila 
boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib 
ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda 
saqlanib qolgan; 
2) millat dinlari - ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillari o’ziga 
qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik 
(hindlarga xos), konfusiychilik (xitoy millatiga xos), sintoiylik (yaponlarga xos) 
kiradi; 
3) jahon dinlari - dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan 
qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Ular safiga odatda 
buddaviylik, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar. 
1. 
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko’ra monoteistik - yakkaxudolik 
(yahudiylik, islom) va politeistik - ko’pxudolik (hinduiylik, konfusiychilik) dinlari va 
h.k.ga bo’linadi. 

Download 441,33 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 441,33 Kb.
Pdf ko'rish