|
DINB204
DINSHUNOSLIK
DINB204 Pdf ko'rish
|
bet | 10/15 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 441,33 Kb. | | #138200 |
Bog'liq Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyatiDINB204
DINSHUNOSLIK
DINB204
9
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Taniqli tarixchi, dinshunos Shahristoniy quyidagicha yozadi: «Bilginki,
johiliyat davrida arablarda uch turdagi ilm sohasi mavjud edi:
1. Nasablar, tarixlar va dinlar ilmi;
2. Tush ta’birlari ilmi;
3. O’lkashunoslik ilmi».
Shuningdek, «Ixvon as-Safo» risolalarida keltirilishicha, ilmlar ikki guruhga
bo’linadi: 1. Inson a’zolari haqidagi ilm (Anatomiya); 2. Dinshunoslik ilmi.
Ibn Nadim esa: «Dinshunoslik fani h. IV-V asrlarga kelib mustaqil fan sifatida
shakllandi.», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to’g’ri kelib, aynan shu davrda
Beruniy o’zining «Hindiston» asarini yozgan.
G’arb mamlakatlarida dinshunoslik fani ko’pincha nemis tilidagi
«RELIGIONS WISSENSCHAFT» yoki ingliz tilidagi «HISTORY OF RELIGIONS»
kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu esa «Ixvon as-safo» risolalari, Beruniy va
Shahristoniy asarlarida qo’llanilgan «نايدلاا ملع» (Dinlar ilmi) yoki « نايدلاا خيرات»
(Dinlar tarixi) atamalarining harfiy tarjimasidir.
Zamonaviy Dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi.
G’arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900)
tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda
nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli
asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo’l ochgan va kattagina e’tibor
qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan ma’ruzalar
o’qigan. O’zining «Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» asarida u ilk bora
«religious studies» (dinshunoslik) so’zini qo’llagan. Myuller va uning zamondoshlari
dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan va dinning asl
mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina yetishish mumkin, degan
fikrni olg’a surgan.
Biroz keyingi davrlarda Gollandiyada S.R.Tile va Shantepi de la Sosse bu
borada izchil faoliyat olib borganlar. Shunday qilib davrlar o’tishi bilan Parij,
Bryussel va Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar ta’lim dasturlaridan joy
olgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan
izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan soxada bir qancha
mutaxassislar yetishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der Lyu, R.Otto,
G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik
F.Sharp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Biyenchi, V.Kantvell Smit,
Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixayel Paylar nomini zikr qilishimiz mumkin.
|
| |