MTA ning ish unumi haqida tushuncha. Nazariy ish unumi. Texnik ish unumi. Haqiqiy ish
unumi. Yig„ish, eltish (transport), yuklash va statsionar (bir joyda turib ishlaydigan)agregatlarning
ish unumlarini hisoblash. Agregatlarning ish unumini oshirish yo„llari.
Mashina-traktor parki tarkibini rejalashtirish.
Mashina-traktor parkining ishlash sharoitini o„rganish. Ish kunlari sonini aniqlash. Ish kuni
davomiyligini aniqlash. Mexanizatsiyalashtirilgan ishlar hajmini aniqlash. Agregatlarning talab
etilgan sonini aniqlash.
2-qism. “Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi”
Kirish
Meva va sabzavotlarni quritishning ahamiyati juda xam yuqoridir.
Birinchidan, meva va
sabzavotlarni sifatli quritishni tashkil qilish bilan bog„dorchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan
fermer xo„jaliklarining ishlab chiqarish
rentabelligini oshirishga, ularning raqobatbardoshligini
oshirishga va yanada iqtisodiy jixatdan taraqqiy etishiga erishiladi. Chunki
meva va sabzavotlarni
quritishni tashkil qilish qishloq xo„jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasining eng tannarxi
arzon, sodda va xammabop yunalishlaridan biridir.
Ikkinchidan, quritilgan mevalar va sabzavotlar
ularning yangi xolidagiga
nisbatan ichki bozorda xam, eksport qilishda xam ancha yuqori
narxlarda realizatsiya qilinadi.
Uchinchidan, meva-sabzavotlarni quritish bilan ularning
saqlanuvchanligini oshirish va mavsumdan tashkari vaqtlarda aholini ushbu mahsulotlarga bo„lgan
talabini to„la qondirish imkoniyati yuzaga keladi. Turtinchidan,
mamlakatimizda yozgi davrda
kupgina mevalar kuplab to„kilib ketib, nes nobud bo„ladi (masalan, o„rik, olxo„ri va xokazo).
Quritishni tashkil qilish esa ushbu mahsulotlarni tezkor quritish xisobiga to„kilib nobud bo„lib
ketishini oldini olishga imkon beradi. Kurinib turibdiki, meva va sabzavotlarni quritish
fermer
xo„jaliklari uchun istiqbolli yo„nalishdir.