• Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
  • Ish tuzilmasining tavsifi
  • Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati




    Download 98.48 Kb.
    bet3/7
    Sana02.06.2023
    Hajmi98.48 Kb.
    #69036
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Inoyatova slayd
    1-laboratoriya ishi, TAQDIMOT 2023, Abdunabiyev Z Kt amaliy 2, murodjon, Murodjon Abdurashidov Signallar va tizimlar, 3-DETLINE T, 4-DETLINEE chala

    Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishni samarali tashkil etish, pedagogik texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta’lim berishda pedagogik texnologiyalardan to’g’ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga erishish uchun olib borilayotgan ta’lim sohasidagi yangiliklarni o’rganish, ilmiy asoslash va amaliyotda foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi.

    • Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishni samarali tashkil etish, pedagogik texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta’lim berishda pedagogik texnologiyalardan to’g’ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga erishish uchun olib borilayotgan ta’lim sohasidagi yangiliklarni o’rganish, ilmiy asoslash va amaliyotda foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi.
    • Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya 3 bob, 7ta bo’lim, xulasa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat
    • I BOB. Pedogogik texnologiya tushunchasi.
      • Pedogogik texnologiyalarning paydo bo’lish tarixi va fanga joriy etilishi
    • Texnologiya – subyekt tomonidan obyektga ko’rsatilgan o’zaro ta’sir natijasida subyektdagi sifat o’zgarishiga olib keluvchi jarayon. Texnologiya zarur vosita va shart-sharoitdan foydalanib, obyektga qaratilgan aniq va maqsadli amallarni bajarish hisoblanadi.
    • Pedogogik texnologiya esa, ta’lim shakllarini optimallashtirish, bilimlarni o’zlashtirish va o’qitish jarayonida texnik resurslarni, inson salohiyatini qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlab beradigan tizimli metodlar majmuidir.
    • Pedogogik texnologiya atamasi ilk bor XX asrning 20-yillarida Pedogogika bo’yicha asarlarda tilga olingan. Shu vaqtlari pedogogik texnologiyaga yaqin bo’lgan “pedogogik texnika” atamasi ham tilga olina boshlagan. Pedogogik texnika pedogogik ensiklopediyada 30-yillarda o’quv mashg’ulotlarini samarali tashkil qilish uchun foydalaniladigan uslublar va vositalar jamlanmasi sifatida qaralgan.
    • Pedogogik texnologiya atamasiga qaytadigan bo’lsak, bu tushuncha 1940-1950-yillarda “ta’lim texnologiyasi” tarzida qo’llanilib, mazmunan o’quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan. Aynan 20-asrning 50-yillarida tadqiqotchilar pedogogik texnologiyalarining ommaviy rivojlanishi va joriy etilishini Amerikada, keyin esa Yevropa maktablarida ta’limga texnologik yondashuvning paydo bo’lishi bilan bog’laydilar.
    • 60-yillar o’rtalarida pedogogik texnologiya atamasi turlicha talqin etila boshlagan va talqin etishning ikki xil yo’nalishi belgilangan. Birinchi yo’nalish tarafdorli texnik vositalar va dasturiy o’quv vositalarini qo’llash zarurligini ta’kidlaganlar. Ya’ni ingliz tilida “technology in education” – “ta’limda ingliz tili” ma’nosini anglatgan. Ikkinchi yo’nalish vakillari esa asosiy narsani o’quv jarayonini tashkil qilish samaradorligini oshirishda va texnikaning jadal rivojlanishi natijasida pedogogik g’oyalarni orqada qolib ketishini bartaraf etishni afzal ko’rdilar. Ya’ni buni ingliz tilida “technology of education” – “ta’limning texnologiyasi” deya atadilar.
    • 70-yillarning oxiri, 80-yillarning boshiga kelib, texnologiyaning rivojlanishi va chet davlatlarda ta’limni komputerlashtirish tufayli “ta’lim texnologiyasi” va “pedogogik texnologiya” tushunchalari jarayonini tashkil etish va boshqarishda vositalar tizimi sifatida ko’proq tilga olina boshladi. Shu bilan birga, pedogogik texnologiyalarning ikki jihati ajratib ko’rsatildi: amaliy masalalarni yechishda tizimli bilimlarni qo’llash va o’quv jarayonida texnik vositalardan foydalanish.
    • 20-asrning 70-80-yillarida pedogogik texnologiya bo’yicha muammolar aniq tan olingan va kasbiy mahorat, “pedogogik texnologiya” miqyosida jadal rivojlanib borgan. Faqat shu yillardan boshlab pedogogik texnologiya tushunchasi yangicha talqin etila boshlangan. Texnologiya deganda subyekt tomonidan obyektga ko’rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o’zgarishiga olib keladigan jarayon tushinilgan.
    • H.T.Omonov, N.X.Xo'jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchanov “Pedogogik texnologiyalar va pedogogik mahorat”, “Iqtisod-Moliya” 2009. 18-b.

    Download 98.48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 98.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati

    Download 98.48 Kb.