|
Axborot miqdorining o’lchov birliklari
|
bet | 2/8 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 150,43 Kb. | | #115148 | Turi | Referat |
Bog'liq axbarotlari aqayta ishlashni arifmetik asoslari tayyorAxborot miqdorining o’lchov birliklari
Informatikada axborot miqdorining o’lchov birligi sifatida eng ko’p ishlatiladigan birlik bu baytdir, 1 bayt = 8 bit.
Kompyuter o’nlik sanoq tizimidagi sonlar bilan emas, balki ikkilik sanoq tizimidagi sonlar bilan ish ko’radi, shuning uchun axborot miqdorining karrali o’lchov birligi sifatida 210 1024 koeffitcient ishlatiladi. Quyidagilar esa axborotning hosila o’lchov birliklari hisoblanadi:
1Kbayt =210 bayt =1024 bayt
1Mbayt=210Kbayt = 1024 Kbayt
1Gbayt=210Mbayt=1024 Mbayt
Axborotni ikkilikda kodlash
Kompyuter sonli, matnli, grafikli, tovushli va video axborot bilan ishlay oladi. Inson qabul qilishiga ko’ra bir-biridan butunlay farq qiladigan bu axborot turlarini kompyuter qanday qayta ishlay oladi?
Bu axborotning hamma turlari elektrik impulslar ketma-ketligi bilan kodlanadi, bunda faqat quyidagi 2 hol bo’lishi mumkin: impuls bor
(1) va impuls yo’q (0), ya`ni axborotlar nol va birlarning ketma-ketligi ko’rinishida keladi. Bunday kodlash ikkilikda kodlash deyiladi, nol va birlarning mantiqiy ketma-ketligi esa mashina tili deyiladi.
4.Belgining kodini aniqlash
Kod jadvali bo’lmasa, belgi kodini Windows platformasidagi kompyuter orqali aniqlash mumkin. Buning uchun Word matn muharriri yuklanadi. Menyuning Vstavka/Simvol. buyrug’i tanlanadi.
Ekranga muloqot oynasi chikadi. Muloqot oynaning markaziy qismini ma`lum shrift uchun (masalan, Times New Roman Cyr ) belgilar jadvali egallaydi. Belgilar chapdan o’ngga tomon yuqori chap burchakdagi bo’shlik (probel) belgisi bilan boshlanib, jadvalning qo’yi o’ng burchagidagi ya harfi bilan tugaydi.
Windows (SR 1251) kodirovkasida belgining kodini aniqlash uchun sichqon yoki kursorni boshqarish klavishlari yordamida kerakli belgini tanlash (masalan, rus alfavitidagi A bosh harfini) so’ngra oynadagi Klavisha tugmasini bosish kerak muloqot oynasi paydo bo’ladi, uning qo’yi chap burchagida joriy belgining o’nlik kodi (bizning hol uchun 192) hosil bo’ladi.
|
| |