|
Belgini sonli kodiga ko’ra aniqlash
|
bet | 3/8 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 150,43 Kb. | | #115148 | Turi | Referat |
Bog'liq axbarotlari aqayta ishlashni arifmetik asoslari tayyor5.Belgini sonli kodiga ko’ra aniqlash
Windows-Office plotformasidagi ixtiyoriy ilovani, masalan, Bloknotni ishga tushirish kerak. Alt klavishini bosib turib, sonli kod, masalan, 0224 kiritiladi, so’ngra Alt klavishi qo’yib yuboriladi. Hujjatda Windows (SR 1251) kodirovkasidagi a belgi paydo bo’ladi. MS-DOS
(SR866) kodirovkasida belgini aniqlash uchun Alt klavishini bosib turib, 224 ni qo’shimcha raqamlar klaviaturasidan kiritish kerak. Hujjatda R harfi paydo bo’ladi.
Grafik axborotni ikkilikda kodlash
80-yillardan boshlab kompyuterda grafik axborotni qayta ishlash texnologiyasi rivojlanib ketdi. Kompyuter grafikasi rasmlarni, sxemalarni, chizmalarni yaratishga va tahrirlashga, tasvirlarni (fotorasmlar, slaydlar va h.k.) o’zgartirishga, statistik ma`lumotlarni ish garfikasi ko’rinishida ifodalashga, animatcion (namoyishli) modellar yaratishga, ”jonli video” ni qayta ishlashga imkon beradi.
Monitor ekranida grafik axborot nuqtalar “piksel” lardan tuzilgan tasvir ko’rinishida ifodalanadi. Eng oddiy holda (oq-qora tasvirda) har bir nuqta faqat ikkita holatda - “qora” yoki “oq” holatda bo’lishi mumkin, ya`ni uning holatini saqlash uchun 1 bit zarur.
Rangli tasvirlar rangning har xil chuqurligiga ega bo’lishi mumkin (nuqtaga 4, 8, 16, 24 bit). Har bir rangga nuqtaning mumkin bo’lgan holati deb qarash mumkin. Unda N2i formula bilan monitor ekranida tasvirlanayotgan ranglar sonini hisoblash mumkin.
Tasvirlanayotgan ranglar soni
Ranglar chuqurligi (i) Tasvirlanayotgan ranglar soni (N)
4 24=16
8 28=256
16 216=65536
24 224=16777216
Tasvir gorizontal va vertikaldagi nuqtalar soni bilan aniqlanadigan har xil o’lchamga ega bo’lishi mumkin. Zamonaviy ShK ekranlarida odatda tasvirning to’rtta asosiy o’lchami yoki yuza nuqtalari zichligi
(razreshayuщie sposobnosti) ishlatiladi: 640-480; 800-600; 1024*768 va 1280*1024 nuqtalar.
Tasvirni ekranga chiqarishning grafik rejimi ekran o’lchamining imkoniyati va ranglar chuqurligi bilan aniqlanadi. Tasvirning video xotirada saqlanadigan hamma nuqtalari haqidagi to’la axborot tasvirning bit kartasi deyiladi. Monitor ekranida tasvir hosil bo’lishi uchun uning har bir nuqtasi xaqidagi axborot (nuqta rangi ) kompyuter videoxotirasida saqlanishi kerak. Hozirgi kunda eng keng tarqalgan grafik rejimning (800*600 nuqtalar, har bir nuqtaga 16 bit ) video xotirasi uchun zaruriy sig’im quyidagicha hisoblanadi:
Ekrandagi hamma nuqtalar soni: 800*600=480000 .
Videoxotiraning zaruriy sig’imi: 16 bit *480000=7680000 bit =960000 bayt =937,5 Kbayt.
Xuddi shunday tarzda boshqa grafik rejimlar uchun video xotiraning zaruriy hajmi hisoblanadi.
Zamonaviy kampyuterlar tabiiy ob`ektlarning videotasvirlarini (“jonli video” ) chiqarishga va qayta ishlashga imkon beruvchi texnik harakteristikalarga ega. Videotasvirlar alohida kadrlardan iborat, bu kadrlar, ko’z bilan sezilmaydigan katta chastota bilan, bir-birini almashtiradi. Odatda kadrlar chastotasi 25 Gtc ga teng bo’ladi, yani 1 sekundda 25 ta kadr almashinadi.
|
| |