Gapni to‘ldiring. Yorug‘lik chiqayotgan yuza birligiga to‘g‘ri kela- digan yorug‘lik kuchiga ... deyiladi.
...yorug‘lik kuchi...; B) ...yorug‘lik intensivligi...;
C) ... yorug‘lik oqimi ...; D) ...ravshanlik... .
Moddalar qanday holatda chiziqli spektrga ega bo‘ladi?
qattiq holatda; B) suyuq holatda;
C) siyraklashgan qaz holatda; D) har uchala holatda.
Quyidagi nurlanishlarning qaysi biri eng kichik to‘lqin uzunligiga ega?
infraqizil nurlar; B) ko‘rinadigan nurlar;
C) ultrabinafsha nurlar; D) rentgen nurlari.
Quyidagi hodisalardan qaysi biri yorug‘likning ko‘ndalang to‘lqinlar ekanligini tasdiqlaydi?
yorug‘lik difraksiyasi; B) yorug‘lik dispersiyasi;
C) yorug‘lik interferensiyasi; D) yorug‘likning qutblanishi.
1 mm da 1000 ta shtrixi bor bo‘lgan difraksion panjaraning doimiysini aniqlang.
A) 10; B) 2; C) 0,1; D) 1.
Suvning nur sindirish ko‘rsatkichi 1,33 ga teng. Yorug‘likning suvdagi tezligini toping.
A) 225000 km/s; B) 300000 km/s;
C) 150000 km/s; D) 398000 km/s.