E = Ф
S
. (4–14)
Yoritilganlik SI birliklar tizimida lyuks (lx) da o‘lchanadi. 1 m2 yuzaga tekis taqsimlangan holda 1 lm yorug‘lik oqimi tushsa, yuzaning yoritilganligi 1 lx ga teng bo‘ladi.
Yoritilganlik qonunlari. Yuqorida aytilganidek, yuzaning yoritilganligi yurug‘lik kuchiga to‘g‘ri proporsional. Lekin yoritilganlik faqat yorug‘lik kuchiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, manba va yoritiladigan yuzagacha bo‘lgan masofaga ham bog‘liq. Yorug‘lik manbayi sfera markazida joylashgan bo‘lsin (4.31-rasm).
4.31-rasm.
Sferaning sirt yuzasi 4π R2 ga teng.
U holda to‘la yorug‘lik oqimi Ф = 4πI ga teng bo‘ladi. Shunga ko‘ra:
R2
E = I . (4–15)
Yuzaning yoritilganligi, manba yorug‘lik kuchiga to‘g‘ri proporsional,
masofaning kvadratiga teskari proporsional.
Ko‘pgina hollarda yorug‘lik oqimi yuzaga burchak ostida tushadi. Yorug‘lik oqimi ∆ S yuzaga φ burchak ostida tushayotgan bo‘lsin. ∆ S yuza,
∆Ω = ∆S0
R2
∆ Scosφ
= R2
bilan aniqlanadi. Undan berilgan yuzaning yoritil-
R2
ganligi
bilan aniqlanadi.
E = I cosφ (4–16)
Yuzaning yoritilganligi, manba yorug‘lik kuchiga, yorug‘lik nuri va yorug‘lik oqimi tushayotgan yuzaga o‘tkazilgan perpendikular orasidagi burchak kosinusiga to‘g‘ri proporsional, masofaning kvadratiga teskari proporsional.
Agar yuza bir nechta manba bilan yoritilgan bo‘lsa, umumiy yoritilganlik
har bir manba tomonidan yoritilganliklarning yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Fotometrik kattaliklardan yana biri ravshanlik deb ataladi. Ravshanlik deb, yorug‘lik chiqayotgan yuza birligiga to‘g‘ri keladigan yorug‘lik kuchiga aytiladi:
yo‘nalishda bir xil yorug‘lik chiqadi deb qaraladi.
Ravshanlikka doir ba’zi ma’lumotlarni keltiramiz: Tush paytida Quyosh- ning ravshanligi –1,65 · 10 9 cd/m 2; gorizontga kelganida – 6 · 10 9 cd/m 2; to‘lin Oy diski – 2500 cd/m 2; ochiq havoli kunduzgi osmon – 1500–4000 cd/m 2.
|