Elektromagnit to‘lqinning tebranish chastotasi 15 MHz. Elektromagnit to‘lqin o‘zining elektr va magnit vektorlari tebranishining 30 davriga teng vaqt oralig‘ida qanday masofaga tarqaladi? (Javobi: 600 m)
Fazoda tebranish chastotasi 5 Hz bo‘lgan to‘lqin 3 m/s tezlik bilan tarqalmoqda. Bir chiziq bo‘ylab bir-biridan 20 cm uzoqlikda yotgan ikki nuqtaning fazalar farqini toping. (Javobi: 120°)
Induktiv g‘altakda 1,2 s da tok kuchi 2 A ga o‘zgarganda 0,4 mV induksiya EYuK hosil bo‘ladi. Agar tebranish konturidagi havo kondensatori plastinkalarining yuzi 50 cm2, plastinalar orasidagi masofa 3 mm bo‘lsa, ushbu tebranish konturi qanday to‘lqin uzunligiga moslangan? (Javobi: 112 m)
Tebranish konturi induktivligi 1 mH bo‘lgan g‘altak hamda sig‘imlari 500 pF va 200 pF bo‘lgan va bir-biriga ketma-ket ulangan kondensatorlardan iborat. Tebranish konturi qanday to‘lqin uzunligiga moslangan? (Javobi: 712 m)
Vakuumda to‘lqin uzunligi 0,76 μm bo‘lgan yorug‘lik nuri bilan suvning nur sindirish ko‘rsatkichi o‘lchanganda 1,329 ga teng bo‘ldi, to‘lqin uzunligi 0,4 μm bo‘lgan yorug‘lik nuri bilan suvning nur sindirish ko‘rsatkichi o‘lchanganda esa 1,344 ga teng bo‘ldi. Bu nurlarning suvdagi tezliklarini aniqlang.
Qizil nurning suvdagi to‘lqin uzunligi, yashil nurning havodagi to‘lqin uzunligiga teng. Agar suv qizil nur bilan yoritilgan bo‘lsa, suv tagidan qaragan odam qanday nurni ko‘radi?
Nima sababdan qishning havo ochiq kunlarida daraxtlarning soyasi havorangda ko‘rinadi?
Interferensiya hodisasi ikkita kogerent S1 va S2 manbalardan chiqqan yorug‘lik vositasida ekranda kuzatilmoqda. Agar: a) yorug‘lik manbalari orasidagi masofani o‘zgartirmagan holda ekrandan uzoqlashtirilsa; b) ekran bilan ular orasidagi masofani o‘zgartirmagan holda manbalarni bir-biriga yaqinlashtirilsa; d) manbalardan chiqayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligi kamaytirilsa, interferension manzara qanday o‘zgaradi?
Ikkita kogerent to‘lqin uchrashganda bir-birini susaytirishi mumkin. Bu to‘lqinlarning energiyasi qayoqqa “yo‘qoladi”?
To‘lqin uzunligi λ bo‘lgan yorug‘lik, davri d bo‘lgan difraksion panjaraga α burchak ostida tushmoqda. Bunday hol uchun difraksiya formulasi qanday bo‘ladi? (Javobi: d (sinφ – sinα) = kλ)
Bir-biridan 30 mm masofada joylashgan ikkita kogerent manbadan to‘lqin uzunligi 5 · 10–7 m bo‘lgan yorug‘lik chiqmoqda. Ekran ularning har biridan bir xil 4 m masofada joylashgan. Birinchi manba ro‘parasida joylashgan nuqtada ikkita manbadan kelgan nurlar uchrashganda nima kuzatiladi? (Javobi: max.)
Yorug‘lik kuchi 200 cd bo‘lgan elektr lampochkadan chiqqan yorug‘lik ishchi yuzaga 45° burchak ostida tushib, 141 lx yoritilganlikni hosil qiladi. Yorug‘lik manbayi stoldan qanday balandlikda joylashgan? (Javobi: 0,7 m.)
Quyoshning gorizontdan balandligi 30° dan 45° ga ortdi. Yer sirtininig yoritilganligi necha marta o‘zgardi? (Javobi: 1,4.)
Elektr yoritgich radiusi 10 cm, yorug‘lik kuchi 100 cd bo‘lgan shardan