• IV BOBNI YAKUNLASH YUZASIDAN TEST SAVOLLARI
  • Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar




    Download 0,52 Mb.
    bet60/113
    Sana15.12.2023
    Hajmi0,52 Mb.
    #119326
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113
    Bog'liq
    Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar

    r1 ni o‘zgartirib, unga mos kelgan yoritilganlik, lyuksmetrdan yozib olinadi.

    r2
    E = f(r) grafigi tuziladi. Jadval va grafikdan E ~ 1 munosat o‘rinli bo‘lishi
    tekshiriladi.


        1. Qanday yorug‘lik manbalari nuqtaviy yorug‘lik manbalari deyiladi?


        2. Siz o‘tkazgan tajribada yorug‘lik manbayini nuqtaviy deb hisoblasa bo‘ladimi?


        3. Lyuksmetr qanday asbob?


        4. Tajribada ikkinchi lampochka qanday vazifani bajaradi?



    E =
    1
    r2 formula orqali yoritilganlikni hisoblab toping va natijalariga
    ko‘ra En = f(In) grafikni tuzing. Ushbu grafikka eksperimentdan olin-
    gan Ee = f(Ie) grafikni qo‘yib, ularni taqqoslang.
        1. mashq

      1. To‘lqin uzunligi 300 m elektromagnit to‘lqinda tovush tebranishlarining bir davri davomida necha marta tebranish ro‘y beradi? Tovush tebranish- larining chastotasi 10 kHz. (Javobi: 100)


      2. Agar radiolokatordan obyektga yuborilgan signal 400 μs dan so‘ng qaytib kelsa, obyekt radiolokatordan qanday masofada joylashgan? (Javobi: 30 km)


      1. Elektromagnit to‘lqinning tebranish chastotasi 15 MHz. Elektromagnit to‘lqin o‘zining elektr va magnit vektorlari tebranishining 30 davriga teng vaqt oralig‘ida qanday masofaga tarqaladi? (Javobi: 600 m)


      2. Fazoda tebranish chastotasi 5 Hz bo‘lgan to‘lqin 3 m/s tezlik bilan tarqalmoqda. Bir chiziq bo‘ylab bir-biridan 20 cm uzoqlikda yotgan ikki nuqtaning fazalar farqini toping. (Javobi: 120°)


      3. Induktiv g‘altakda 1,2 s da tok kuchi 2 A ga o‘zgarganda 0,4 mV induksiya EYuK hosil bo‘ladi. Agar tebranish konturidagi havo kondensatori plastinkalarining yuzi 50 cm2, plastinalar orasidagi masofa 3 mm bo‘lsa, ushbu tebranish konturi qanday to‘lqin uzunligiga moslangan? (Javobi: 112 m)


      4. Tebranish konturi induktivligi 1 mH bo‘lgan g‘altak hamda sig‘imlari 500 pF va 200 pF bo‘lgan va bir-biriga ketma-ket ulangan kondensatorlardan iborat. Tebranish konturi qanday to‘lqin uzunligiga moslangan? (Javobi: 712 m)


      5. Vakuumda to‘lqin uzunligi 0,76 μm bo‘lgan yorug‘lik nuri bilan suvning nur sindirish ko‘rsatkichi o‘lchanganda 1,329 ga teng bo‘ldi, to‘lqin uzunligi 0,4 μm bo‘lgan yorug‘lik nuri bilan suvning nur sindirish ko‘rsatkichi o‘lchanganda esa 1,344 ga teng bo‘ldi. Bu nurlarning suvdagi tezliklarini aniqlang.


      6. Qizil nurning suvdagi to‘lqin uzunligi, yashil nurning havodagi to‘lqin uzunligiga teng. Agar suv qizil nur bilan yoritilgan bo‘lsa, suv tagidan qaragan odam qanday nurni ko‘radi?


      7. Nima sababdan qishning havo ochiq kunlarida daraxtlarning soyasi havorangda ko‘rinadi?


      8. Interferensiya hodisasi ikkita kogerent S1 va S2 manbalardan chiqqan yorug‘lik vositasida ekranda kuzatilmoqda. Agar: a) yorug‘lik manbalari orasidagi masofani o‘zgartirmagan holda ekrandan uzoqlashtirilsa; b) ekran bilan ular orasidagi masofani o‘zgartirmagan holda manbalarni bir-biriga yaqinlashtirilsa; d) manbalardan chiqayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligi kamaytirilsa, interferension manzara qanday o‘zgaradi?


      9. Ikkita kogerent to‘lqin uchrashganda bir-birini susaytirishi mumkin. Bu to‘lqinlarning energiyasi qayoqqa “yo‘qoladi”?


      10. To‘lqin uzunligi λ bo‘lgan yorug‘lik, davri d bo‘lgan difraksion panjaraga α burchak ostida tushmoqda. Bunday hol uchun difraksiya formulasi qanday bo‘ladi? (Javobi: d (sinφ – sinα) = )


      11. Bir-biridan 30 mm masofada joylashgan ikkita kogerent manbadan to‘lqin uzunligi 5 · 10–7 m bo‘lgan yorug‘lik chiqmoqda. Ekran ularning har biridan bir xil 4 m masofada joylashgan. Birinchi manba ro‘parasida joylashgan nuqtada ikkita manbadan kelgan nurlar uchrashganda nima kuzatiladi? (Javobi: max.)


      12. Yorug‘lik kuchi 200 cd bo‘lgan elektr lampochkadan chiqqan yorug‘lik ishchi yuzaga 45° burchak ostida tushib, 141 lx yoritilganlikni hosil qiladi. Yorug‘lik manbayi stoldan qanday balandlikda joylashgan? (Javobi: 0,7 m.)


      13. Quyoshning gorizontdan balandligi 30° dan 45° ga ortdi. Yer sirtininig yoritilganligi necha marta o‘zgardi? (Javobi: 1,4.)


      14. Elektr yoritgich radiusi 10 cm, yorug‘lik kuchi 100 cd bo‘lgan shardan


    iborat. Manbaning to‘la yorug‘lik oqimini toping. (Javobi: 1,6 klm.)


      1. Yuzasi 25 m2 bo‘lgan kvadrat shaklidagi xonaning o‘rtasiga lampa osilgan. Lampa poldan qanday balandlikda osilsa, xona burchaklaridagi yoritilganlik maksimum bo‘ladi?


      2. Uncha chuqur bo‘lmagan hovuzdagi sokin suv betiga poleroid orqali qarab, uni burib borilsa, poleroidning biror vaziyatida hovuz osti yaxshi ko‘rinadi. Hodisani tushuntiring.


      3. Inson ko‘zining sezgirligi sariq-yashil nur uchun eng yuqori hisoblanadi. Unda nima sababdan xavfsizlik signali qizil rangda beriladi?


      4. Nyuton halqalarini kuzatishda oq nur linzaning bosh optik o‘qiga parallel holda tushmoqda. Linzaning egrilik radiusi 5 m. Kuzatish o‘tayotgan nurda olib boriladi. To‘rtinchi (to‘lqin uzunligi 400 nm) va uchinchi (to‘lqin uzunligi 630 nm) halqaning radiuslarini toping. (Javobi: 2,8 mm; 3,1 mm)


      5. Nima sababdan o‘lchami 0,3 μm bo‘lgan zarrani optik mikroskop yordamida ko‘rib bo‘lmaydi?


      6. Qaysi holda choyni issiqroq holda ichish mumkin? Choyga qaymoqni solib, undan song bo‘tqani yegandan keyin choy ichgandami yoki bo‘tqani yeb bo‘lib, so‘ngra qaymoqni choyga solib ichgandami? Javobingizni asoslang.


      7. Yung qurilmasida interferensiya maksimumlari oralig‘ini toping. S1 va S2 tirqishlar orasidagi masofa d, tirqishlardan ekrangacha bo‘lgan masoga L. Tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi λ.



    IV BOBNI YAKUNLASH YUZASIDAN TEST SAVOLLARI




    1. Download 0,52 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar

    Download 0,52 Mb.