bobda o‘rganilgan eng muhim tushuncha, qoida va qonunlar




Download 0,52 Mb.
bet72/113
Sana15.12.2023
Hajmi0,52 Mb.
#119326
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
Bog'liq
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar

bobda o‘rganilgan eng muhim tushuncha, qoida va qonunlar


1.

Nisbiylik nazariyasi

Eynshteynning maxsus nisbiylik nazariyasi fazo va vaqt to‘g‘risida klassik tasavvurlar o‘rniga kel-


gan ta’limotdir.

2.

Yorug‘likning vakuumdagi tezligining doimiyligi

Yorug‘likning vakuumdagi tezligi barcha sanoq sistemalarida bir xil bo‘lib c ga teng va manba hamda qabul qilgichlarning tabiatiga bog‘liq emas.


Bu tajribada Maykelson tomonidan isbot qilingan.

3.

Eynshteynning postu- latlari

  1. Yorug‘likning vakuumdagi tezligi barcha sanoq sistemalarida bir xil va manba hamda qabul qil- gichlarning tabiatiga bog‘liq emas.


  2. Barcha tabiat qonunlari va jarayonlari barcha


inersial sanoq sistemalarida bir xilda ro‘y beradi.


4.

Lorens almashtirishlari

Nisbiylik nazariyasining matematik asosini Lo-


rens almashtirishlari tashkil qiladi.

5.

Vaqtning relyativistik sekinlashishi

τ = 𝐽0 , bu yerda τ – xususiy vaqt.


2 0
1−υ
c2

6.

Uzunlikning relyativis- tik Lorens qisqarishi



υ2
l = l0 1− c2 , bu yerda l0– xususiy uzunlik.

7.

Relyativistik impuls formulasi



p m
= = m u .
2
1−υ
c2

8.

Relyativistik dinami- kaning asosiy qonuni



F = p .
t

9.

Tezliklarni qo‘shishning relyativistik qonuni

υ1


u2 = 1 υ1⋅υ .
+ c2

10.

Relyativistik massa



m
m = , m – tinchlikdagi massa.
υ2 0
1−c2

11.

Jismning to‘la energi- yasi

Jism yoki zarraning energiyasi uning massasi bi- lan yorug‘lik tezligining kvadrati ko‘paytmasiga teng: E = mc2.


12.

Jism energiyasi o‘zgarishining massa
o‘zgarishiga bog‘liqligi



m =E .
c2

13.

Jismning tinchlikdagi
energiyasi



E = m c2.
0 0

14.

Jismning kinetik
energiyasi



E = EE = mc2 m c2.
k 0 0



      1. mavzu. KVANT FIZIKASINING PAYDO BO‘LISHI

Kvant fizikasining paydo bo‘lishiga sabab, XX asr boshida fizikada katta krizislar – muammolar paydo bo‘ldi. Mavjud klassik nazariyalar, shu jumladan Maksvell nazariyasi ham bu ilmiy fizik muammolarni hal qila olmadi.


Ulardan biri – bu issiqlik nurlanishidir. Issiqlikdan nurlanayotgan jism o‘zining issiqligini atrofdagi jismlar va muhitga berib, termodinamik muvozanatga, ya’ni temperaturalarning tenglashishiga olib kelishi kerak edi. Bu termodinamikaning asosiy tamoyilidir. Lekin, nurlanayotgan jism, masalan, Quyosh temperaturasi 6000 K bo‘lsa, bunday hodisa ro‘y bermaydi. Shuningdek, nurlanayotgan energiya barcha to‘lqin uzunliklarda har xil bo‘lib, aniq temperaturaga bog‘liq bo‘lmagan taqsimot qonuniga bo‘ysunadi. Bu degan so‘z har bir to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri kelgan nurlanish energiyasining ulushi har xil ekan. Bu bog‘lanishda maksimal nurlanish energiyasining maksimumi temperaturaga bog‘liq bo‘lib, Vin siljish qonuni bo‘yicha o‘zgaradi:
λmT = b. (6–1)
Bu yerda: λm T temperaturadagi nurlanayotgan energiya maksimumiga to‘g‘ri
keluvchi to‘lqin uzunligi. bVin doimiysi bo‘lib, b = 2,898 · 10–3 m· K ga teng.

Vin siljish qonuni jism nurlanishining maksimumiga to‘g‘ri keluvchi to‘lqin uzunligi, λm absolut temperaturaga teskari proporsionaldir:


=

λ .


b
m T
Masalan, Quyoshning maksimal nurlanish energiyasi (λ = 470 nm) yashil nurlarga to‘g‘ri keladi. Bu esa Vin qonuniga asosan T = 6300 K larga to‘g‘ri keladi. Bu nurlanish energiyasining taqsimotini Reley-Jins klassik statistik mexanika qonuniga asosan, termodinamikaning molekulalarning energiyasini erkinlik darajasi bo‘yicha tekis taqsimot qonuniga binoan bu taqsimotini
ishlab chiqdi. U faqat uzun to‘lqinlardagina mavjud taqsimotni tushuntirib berdi, qisqa to‘lqinlar uchun tajriba natijalariga va amaliyotga zid keldi.
XX asr boshiga kelib paydo bo‘lgan krizisli ilmiy muammolardan biri gazlarning hamda metall bug‘larining nurlanish spektrlarining chiziqli bo‘lishini tushuntirish kerak edi. Shuningdek, fotoeffekt hodisasining kashf qilinishi, yorug‘likning bosimga ega bo‘lishi hamda yorug‘lik nurlarining elektronlarda sochilishi kabilarni klassik fizika, shu jumladan Maksvellning elektromagnit nazariyasi tushuntirib bera olmadi.
Bu muammolarni hal qilishda nemis olimi M. Plank yangi – klassik fizikasiga zid g‘oyani ilgari surdi. U qizdirilgan jismning nurlanishi va yutishi uzluksiz ro‘y bermasdan, balki alohida porsiya-porsiyalarda (kvantlarda) ro‘y beradi deb faraz qildi. Kvant – bu jismning yutish yoki nurlanish energiyasining minimal qismidir.


Download 0,52 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bobda o‘rganilgan eng muhim tushuncha, qoida va qonunlar

Download 0,52 Mb.