Nur ta’sir etish natijasida yarimo‘tkazgichlarda hosil qilingan qo‘shim- cha elektr o‘tkazuvchanlik fotoo‘tkazuvchanlik deyiladi. Bu esa fotoqar- shiliklarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Fotoqarshilik – bu o‘tkazuvchanligi yorug‘lik ta’sirida o‘zgaradigan qarshiliklar bo‘lib, uni radiotexnikada fotorezistorlar deb ataladi.
h 2π
deb o‘qiladi.
ħ ning qiymati:
= 2π =1,05 · 10
–34 J·s ga teng bo‘ladi.
Yorug‘likni zarralar – fotonlar oqimidan iborat deb qarash korpuskulyar nazariya bo‘lib, bunda Nyuton mexanikasiga qaytish bo‘ldi, deyish mumkin emas. Uning harakat qonunlari kvant mexanikasining qonunlariga bo‘ysunadi.
XX asrning boshiga kelib, yorug‘lik ikki xil tabiatga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yorug‘lik tarqalishida uning to‘lqin xossalari (interferensiya, difraksiya, qutblanish) va moddalar bilan ta’sirlashganda (fotoeffekt, yorug‘lik
bosimi va b.) korpuskulyar – zarra xossalari namoyon bo‘ladi.
Bu xossalar
zarra – to‘lqin dualizmi deb atala boshlandi. Keyinchalik fanda elektronlar, protonlar, neytronlar oqimlari ham to‘lqin xossaga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Shu asosda moddaning yorug‘likni nurlantirishi va yutishi,
chiziqli spektrlar, fotoeffekt hodisasi, yorug‘lik bosimi va boshqa jarayonlar tushuntirib berildi.
Foton nima? Fotonning xususiyatlari nimalardan iborat?
Fotoeffekt qonunini yorug‘likning kvant nazariyasi asosida tushun-
tiring.
Eynshteyn formulasini va uning fizik mohiyatini tushuntiring.
Fotoeffekt ro‘y berish shart-sharoitlari qanday?
Fotoeffektning qizil chegarasini tushuntiring.
Yorug‘lik uchun zarra to‘lqin dualizmi nimadan iborat?