uzunligi orqali ifodalaymiz:
E = hv = hc va
p = hv = h . (6–7)
λ
c λ
Agar, jism yuzasiga fotonlar oqimi tushayotgan bo‘lsa, u holda fotonlar shu yuzaga impuls beradi va yorug‘lik bosimini vujudga keltiradi.
Maksvellning elektromagnit nazariyasiga binoan ham yorug‘lik biror jism yuzasiga tushganda unga bosim bilan ta’sir qiladi. Lekin, bu bosim juda kichik qiymatga ega ekan. Maksvellning hisoblariga ko‘ra, Yerga tushayotgan Quyosh nurining 1 m
2 yuzali absolut qora qismiga ko‘rsatadigan bosim kuchi 0,48
μN ekan. Bunday kuchni ochiq Yer sharoitida qayd qilish juda qiyin.
Ilk bor yorug‘lik bosimini 1900-yilda rus olimi P. N. Lebedev tajribada o‘lchaydi. Buning uchun o‘ta nozik qurilma yasaydi. Bir yoki bir necha juft qanotchalar bo‘lgan osma juda ingichka ipga osilgan. Ipga ko‘zgu o‘rnatilgan bo‘lib, yupqa yengil qanotchalarning biri yaltiroq, ikkinchisi qoraytirilgan. Yaltirog‘i yorug‘likni
yaxshi qaytaradi, qoraytirilgani esa yutadi.
Sistema, havosi so‘rib olingan idish ichiga joylashtirilgan bo‘lib, juda sezgir buralma tarozini tashkil qiladi. Osmaning burulishi ipga mahkamlangan ko‘zgu va truba yordamida kuzatiladi. Osmaning burilish burchagiga qarab, osmaga ta’sir etuvchi yorug‘likning bosim kuchi aniqlanadi.
Lebedevning natijalari Maksvellning elektromagnit nazariyasini tasdiqladi va o‘lchangan yorug‘lik bosimi nazariy hisoblangan yorug‘lik bosimiga 20 % xatolik bilan mos keldi.
Keyinchalik, 1923-yilda Gerlaxning tajribalar asosida o‘lchagan yorug‘lik bosimi nazariy hisoblangandan 2 % ga farq qildi.
Fotonlar oqimining sirtga beruvchi bosimning formulasini quyidagicha keltirib chiqarish mumkin. Fotonning yuzaga urilish natijasidagi ta’sir kuchi
1 Δt k 1 Δt
Bu yerda: Δ(
mc) – foton impulsining o‘zgarishi. Agar yuza ideal yaltiroq
bo‘lsa, Δ(
mc) = 2
mc ga, absolut qora bo‘lsa, Δ(
mc) =
mc ga teng.