1. Ikkita kosmik kema Yerdan qarama-qarshi tomonga harakat qilmoqda va ularning har birining Yerga nisbatan tezligi 0,5 c ga teng. Birinchi kemaning ikkinchi kemaga nisbatan tezligi qanday?
Formulas i: Yechilish i:
u = υ1−υ2
u = 0,5 c−(−0,5 c) = c
= 0,8 c .
nis
υ1 ⋅ υ2
nis
0,5 c ⋅ (−0,5 c)
1,25
1− c2
1− c2
Javobi: 0,8 c.
5-mashq
Qaysi biri ko‘p energiyaga ega: 1 kg suv (E1), 1 kg ko‘mir (E2) yoki 1 kg benzin (E3)? (Javobi: E1= E2= E3)
m massali ko‘mir qanday energiyaga ega (c – yorug‘lik tezligi, λ – so-
lishtirma erish issiqligi, q – solishtirma yonish issiqligi). (Javobi: mc2)
0,6 c tezlik bilan harakatlanayotgan zarraning kinetik energiyasi uning tinchlikdagi energiyasidan necha marta kichik? (Javobi: 4 marta)
Zarraning tezligi qanday bo‘lganda uning kinetik energiyasi uning
tinchlikdagi energiyasidan 2 marta katta? (Javobi: 2 /3 c)
Elastiklik koeffitsiyenti 20 kN/m bo‘lgan prujina 30 cm ga cho‘zilsa, uning massasi qanchaga ortadi? (Javobi: 1 · 10–14 kg)
1 kg suvning temperaturasi 81 K ga orttirilsa, uning massasi qanchaga ortadi (kg)? (Javobi: 3,78·10–12)
Massasi 20 kg bo‘lgan azot doimiy bosimda 0°C dan 200°C gacha qiz- dirildi. Azotning massasi qanchaga ortgan? Azotning doimiy bosimdagi issiq- lik sig‘imi 1,05 kJ/(kg · K). (Javobi: 4,7 · 10–8 gr)
Quyoshning nurlanishi 3,78 · 1026 W. 1 s da Quyosh nurlanish natijasida qancha (kg) massa yo‘qotadi? (Javobi: 4,3 · 109 kg)
Jism 0,89 c tezlik bilan harakatlanmoqda. Uning zichligi tinch holatiga nisbatan qanday o‘zgaradi? (Javobi: 5 marta ortadi).
Myuon (myu mezon) atmosferaning yuqori qatlamlarida paydo bo‘lib, parchalanishga qadar 5 km ga uchib boradi. Agar uning xususiy yashash vaq- ti 2 μs bo‘lsa, u qanday tezlik bilan harakatlangan? (Javobi: 0,99 c)
Agar kometaning “ko‘rinma” uzunligi uning xususiy uzunligi (l0) dan
marta kam bo‘lsa, kometaning kuzatuvchiga nisbatan tezligini aniqlang.
( Javobi: 2 c ≈0,71 c)
2
Agar proton 240000 km/s tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, uning massasi tinchlikdagi massasidan necha marta katta? c = 300 000 km/s.
m
m
( Javobi: ≈ 1,67 marta)
0
Sterjen u tezlik bilan K – sanoq sistemasiga nisbatan harakat- lanmoqda. Tezlikning qanday qiymatida shu sanoq sistemasida uning uzunligi xususiy uzunligidan 0,5 % ga kam bo‘ladi? (Javobi: u ≈ 3 · 107 m/s)
Agar τ0 = 5 s vaqtda K – sanoq sistemasida harakatlanayotgan soat
∆t = 0,1 s ga kech qolsa, u qanday tezlik bilan harakatlangan? (Javobi: u = 0,2 c)
Zarraning relyativistik impulsi Nyuton (klassik) impulsdan 2 marta
2
katta bo‘lsa, zarraning tezligini aniqlang. (Javobi: u = 3 c)
Zarraning kinetik energiyasi uning tinchlikdagi energiyasiga teng
2
bo‘lgan holdagi tezligi topilsin. (Javobi: u = 3 c)
Tezlatgich elektronga 4,08 · 106 eV energiya beradi. Elektronning tezligi va massasini aniqlang. (Javobi: u ≈ 0,98 c, m = 9 m0)
|