Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha o’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’lishlari kerak




Download 2.46 Mb.
bet11/33
Sana01.07.2021
Hajmi2.46 Mb.
#15324
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha o’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’lishlari kerak: Chilangarlik va tokarlikda metallarga ishlov berish usullarini bajarish; tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy jarayonlarni bajarish; uy-ro’zg’or, turmush va maktab uchun metall materiallardan buyumlar tayyorlash; texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalanish.

Konussimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini tayyorlash; tayyorlanadigan detallarni texnologik xaritalarini; yog’och va metallga ishlov berishni uyg’unlashtiruvchi xalq hunarmandchilik turlari bo’yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini o’qitishning maqsadi - o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko’nikma, malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o’rgatish hamda kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy – tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo’ladi:

Ta’limiy vazifa - o’quvchilarning barkamol shaxs bo’lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasb asoslarini (texnologiyasini) o’rgatish va kasb tanlash bilan uyg’unlashtirish orqali kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratish bilan egallagan bilimlarini uzviy rivojlantirish asosida mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o’rgatish; texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg’or vakillari faoliyati bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy vazifa - o’quvchilarning umummehnat ko’nikmalarini shakllantirish jarayonida ma’naviy ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish.

Rivojlantiruvchi vazifa - o’quvchilarning kasbgacha tayyorgarligini rivojlantirish, mehnat ta’limi mazmunini takomillashtirish orqali barkamol shaxs bo’lib yetishishlariga yordam berish.

Ijodiy vazifa - mehnat ta’limi jarayonida kasb-hunar asoslariga oid bilim, ko’nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo’lishini ta’minlash uchun o’quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishi.

Amaliy vazifa - buyum, narsa namunalar asosida zaruriy buyurtmalarni amalda bajara olish.

Maktabda mehnat ta’limidan o’tkaziladigan mashg’ulotlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

- o’quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularda kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishga tayyorlash;

- o’ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning o’ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o’z ishini va o’rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta olishga o’rgatish;

- o’quvchilarni mehnat ta’limi mashg’ulotlari jarayonida aqlli, odobli, yaxshi ahloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan sog’lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.

Mehnat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish ketma - ketligi mahalliy sharoit hamda imkoniyatlarni hisobga olgan holda ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Har bir yo’nalish bo’yicha ishlatiladigan elektr, ilg’or texnika va texnologiyalar asoslari o’rgatiladi. Mazkur yo’nalishlar yuzasidan quyidagi bo’limlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi:

Har bir dars mashg’ulotida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinadi. O’quvchilarga mehnat ta’limi yo’nalishlari bo’yicha kasblar turlari haqida axborotlar beriladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflarida o’quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq bo’lsa, moddiy texnik va kadrlar ta’minoti yetarli bo’lsa mehnat ta’limi darslari shu sinflardagi o’quvchilarni ikki guruhga bo’lgan holda olib boriladi [3], [7].



Download 2.46 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Download 2.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha o’quvchilar quyidagi malakalarga ega bo’lishlari kerak

Download 2.46 Mb.