Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/194
Sana29.09.2024
Hajmi3,67 Mb.
#272877
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   194
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Kalit so’zlar: 
informatika, innovatsion metod, interfaol, axborot, axborot texnologiyalari, 
o’qituvchi, kompyuter, o’yin.
Bugungi kunda butun dunyo bo’yicha har jabhada kompyuter texnikasidan foydalanish davr 
talabi bo’lib qoldi. Shunday ekan ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun sayin ortib 
borayotgan axborot - ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko’rsata olish, turli sohalarda 
zamonaviy axborot texnologiyalarni samarali qo’llay olishi, ijtimoiy tarmoqlardan va internetdan 
oqilona faydalanishlari kerak. Bu esa o’z navbatida zamonaviy o’qituvchilarimizninig eng katta 
yutuqlaridan biri hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori “Axborotlar bilan ishlash 
kompetensiyasi, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish” ni nazarda tutadi. 
Ko’pchilik maktab o’quvchilari “informatika nima?” degan savolga “kompyuter, noutbook” va 
hokazo kabi qurilmalarni tushunishadi. Aslida esa informatika- tor ma’noda o’zaro aloqador uch 
qism: texnik vositalar (hardware), daturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar(brainware) 
sifatida tasavvur qilish mumkin.
Informatika fani keng ma’noda kompyuter texnikasini qo’llashga asoslangan bo’lib, inson 
faoliyatining turli sohalarida axborotlar ustida ishlash, uzatish va qayta ishlashni o’rgatadi. 
Hozirda o’quvchilar axborot bilan ma’lumotning farqli tomonlarini anglashlari kerak. Masalan, 
qog`ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga ko’rsatsangiz, u buni biror 
axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir telefon raqami 
qarshisiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo`yilsa, avvalgi 
ma’lumot axborotga aylanadi. Informatika fanini o’qitishda dars jarayonida o’qituvchi emas 
balki o’quvchilar bilan birgalikda hamkorlikda jarayon tashkillashtirilishi kerak. Buning uchun 
dars jarayonida interfaol va innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu 
texnologiyalar o‘quv mavzusi maqsadidan va mavzuning mazmunidan kelib chiqib, darsning 
turli bosqichlarida turlicha qo‘llanishi mumkin. Tajribalardan kelib chiqib, quyida informatika 
fanini o‘qitishda samarali bo‘lgan interfaol metodlarni keltirib o‘tamiz:
Quyosh nuri -bu metodda 2 yoki 3 guruh bo’lib, har birida 5–6 nafardan o‘quvchi 
qatnashishi mumkin. O’qituvchi asosiy tushunchalarni qismlarga bo’lib o’rgatadi. Quyosh nurlari 
tushunchalarning har biriga alohida-alohida ta’rif berib tushuntiradi.
Darsni yangi mavzuni mustahkamash bosqichida Breyn-ring. Bu o‘yinda 2 guruhga bo’linib, 
unda 7-8 nafardan o‘quvchi qatnashishi mumkin. Boshlovchi har bir guruhga qisqa javobli 
savollar beradi. Agar ishtirokchilardan biri birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bersa, qolgan barcha 
savollar faqat shu ishtirokchiga beriladi va har bir to‘g‘ri javob uchun olingan ball to‘planib 
boradi. Agar to‘plangan balni vaqtida o‘z jamoasi hisobiga tushirib turmasa va o‘yinni to‘xtatmay, 
o‘yin davomida noto‘g‘ri javob berib qo‘ysa, o‘sha ishtirokchi to‘playotgan barcha ballar kuyib 
ketadi. Demak, qatnashuvchi o‘zi istagan paytda o‘yinni to‘xtatishi va to‘plagan balini jamoa 


78

Download 3,67 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   194




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish