• Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    TA’LIM JARAYONLARINI ZAMONAVIYLASHTIRISHDA O‘QITUVCHINING 
    USLUBIY ISHLARINI AHAMIYATI
    Fayziyeva Dilnoza Hayotovna 
    Romitan tumani 11-maktab 
    boshlang’ich sinf o’qituvchisi
    11maktab.dilnoz@mail.ru +99899-350-34-40
    Annotatsiya: 
    Maqolada ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirishda o‘qituvchining uslubiy 
    ishlarini ahamiyati haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada o‘qituvchining uslubiy ishlarini 
    ahamiyati va o’qituvchining mustaqil, ijodiy fikrlash faoliyatlarini rivojlantirish omillari bayon 
    etilgan. 
    Kalit so’zlar: 
    pedagogika, bilim, didaktik, tizim, muammo, nazariya, faoliyat, ta’lim, hissiyot, 
    intelektual, iroda, diqqat, fikr.
    O‘qituvchining kasbiy pedagogik mahoratini takomillashtirishning qismi, uning imliy-uslubiy 
    ishi hisoblanib, u quyidagilarni nazarda tutadi, ya’ni to‘plangan tajribalarni tahlil, tizimlashtirish 
    va umumlashtirishdir. Uslubiy ish – o‘qituvchini majburiyatlaridan biri hisoblanib, maxsus 
    fanlardan o‘qitish metodikasini ishlab chiqish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning 
    natijasi bo‘lib o‘quv mashg‘ulotlarida fan bo‘yicha topshiriqlar va vazifalar majmui, didaktik 
    materiallar, o‘quv-ko‘rgazmali qurollarni yaratishdan iborat bo‘ladi. Uslubiy ish- bu ilm-fan 
    va ilg‘or pedagogik tajribalarning yutuqlariga va har bir o‘qituvchini kasbiy bilimdonligini va 
    kasbiy mahoratini har tomonlama oshirishga yo‘naltirilishga asoslanuvchi, amaliy tadbirlarning 
    maxsus majmuidir.
    Uslubiy ishlar keng miqyosdagi muammolarni qamrab oladi, bular:
    • mutaxassislarni kasbiy faoliyati tahlili; asosiy mehnat ishlari va kasbiy malakalarini aniqlash 
    (mutaxassis faoliyatini modelini ishlab chiqish);
    • o‘quv jarayonida mutaxassisni kasbiy faoliyatini modellashtirish (mutaxassisni kasbiy 
    tayyorgarlik modelini ishlab chiqish);
    • zarur ko‘nikmalarni egallash uchun topshirqlar majmuini ishlab chiqish, o‘qitish mazmunida 
    uning o‘rnini aniqlash;
    • o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish; 
    • o‘qitish mazmunida (aniq soha mutaxassisligida) ilm-fan, ishlab chiqarish sohalaridagi 
    rivojlanish bashoratlarini aks ettirish; 
    • o‘quvchilarni fikrlash faolligini rivojlantirishni ta’minlovchi, ta’limning shakl va usullarini 
    (muammoli ta’limning shakl va usullari) takomillashtirish; •o‘quvchilarni fikrlash faolligini 
    va mustaqilligini rivojlantirishni ta’minlovchi, ta’limning shakl va usullarini (o‘quvchilarning 
    mustaqil ishlarining shakl va usullari) takomillashtirish;
    • ta’limni individuallashtirish (individual topshiriqlar va ishlar, jamoaviy shakldagi ishlarda 
    topshiriqlarni individuallashtirish, individual o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘qitish
    • didaktik materiallarni (dasturlashtirilgan ta’lim uchun o‘qituvchi dasturlar, topshiriqlar 
    majmui, mashqlar, ishbilarmon o‘yinlar, tahlil uchun ishlab chiqaruvchilik vaziyatlar bayoni) 
    ishlab chiqish. Aniq mavzuni tanlash pedagogik mahoratdan kelib chiqadi. Tajribali o‘qituvchi 
    o‘zining ishini va hamkasbini ishini tahlil qilishi va umumlashtirishi mumkin, u mustaqil ravishda, 
    o‘zining ijodiy imkoniyatlarini qo‘llab ta’limning yangi usullarini ishlab chiqishi mumkin. SHu 
    bilan birga o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablardan biri shuki, u o‘zining fanini chuqur 
    bilishi, uning metodikasini o‘zlashtirib olgan bo‘lishi kerak. Fan va uning nazariyasini chuqur 
    bilishi, uni qiziqarli qilib o‘quvchilarga etkaza olishi o‘quvchilarni shu fanga bo‘lgan qiziqishini 
    oshiradi. O‘quvchilar o‘qituvchi bilimining ularga etkaza olish imkoniyatlarini qadrlabgina 
    qolmay, balki uning shu fanga bo‘lgan qiziqishini, uning fidoyiligini taqdirlashadi. Oliy ta’lim 
    va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘qituvchilari barcha o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablar 
    bilan birga bevosita faoliyat yo‘nalishlariga oid quyidagilarni bilishlari va uddalay olishlari lozim: 
    • Oliy ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o‘quv ishlab chiqarish jarayoni va 
    amaliyotlarini nazariy-metodologik, pedagogik asoslarini; 
    • o‘qitilayotgan umumkasbiy fanlar va maxsus fanlar, ishlab chiqarish ta’limi va amaliyoti 
    bo‘yicha tarmoq ta’lim standartlari talablarini;


    76

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish