• Annotatsiya. Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Kalit so’zlar.
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    GRAMMATIK TUSHUNCHALARNING SAMARALI O’ZLASHISHINI 
    TA’MINLAYDIGAN METODIK SHARTLAR.
    Ergashova Surayyo To’lqinovna 
    Navoiy viloyati Navbahor tumani 
    21-ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan 
    maktab internati ona tili fani o’qituvchisi
    Annotatsiya.
    Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning 
    muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi.
    Kalit so’zlar.
    Til hodisalari, grammatik tushuncha, til kategoriyalari, so’z, so’z birikmasi, 
    gap, morfema, leksema, fonema.
    Til hodisalarining o’ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik 
    tushunchaning o’ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa 
    hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda 
    belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo’lgan aniq hodisalar va 
    predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, 
    gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o’ziga xos muhim belgilarini aniqlash va 
    umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan 
    grammatik tushunchaga asos bo’lgan dastlabki materialning o’zi yetarli darajada mavhumdir. 
    Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi. 
    Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda tushuncha juda ko’p qiyinchilik 
    bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma’lum darajada 
    rivojlangan bo’lishi lozim. Mavhum tafakkur ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus 
    mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda 
    bilimlar yig’indisini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning 
    tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni tafakkurga oid analiz, 
    sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. 
    O’quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining 
    qay darajada o’sganligiga bog’liq. Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni 
    taqqoslay olmaydilar va ularning muhim grammatik belgilariga ko’ra bir guruhga birlashtira 
    olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. Masalan, fe’l 
    o’rganilganda o’quvchilar fe’l predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar. Yurmoq, o’qimoq, 
    olmoq kabi fe’llarda leksik ma’no grammatik ma’noga mos keladi. Ko’p fe’llarda bunday 
    moslik bo’lmaydi. Grammatikada predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning 
    holati, uning boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o’zgarishi kabilar ham 
    tushuniladi: uxlamoq, o’ylamoq, sevmoq, o’smoq, ko’karmoq va hokazo. Predmet harakatini 
    bunday keng ma’noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan 
    o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma’nosida aniq tasavvur 
    qiladilar. SHuning uchun fe’lni o’rganishning boshlang’ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, 
    turmoq, qizarmoq kabi so’zlarni predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bunday 
    hodisani otni o’rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o’quvchilar tinchlik, qahramonlik, 
    qadam kabi so’zlarni ot turkumiga kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilarda 
    mavhumlashtirish ko’nikmasini o’stirish, ular diqqatini so’zning aniq leksik ma’nosidan 
    grammatik ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga oid umumiy, grammatik belgilarni 
    hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, k i m? yoki n i m 
    a? so’rog’iga javob bo’ladigan barcha so’zlar “ot” turkumiga birlashadi; predmet bildirish, son 
    (birlik va ko’plikda kelish), egalik qo’shimchalari bilan o’zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu 
    so’zlar uchun umumiy grammatik belgilar hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning 
    oldini olish uchun ta’lim berish jarayonida qator metodik talablarga rioya qilinadi. Grammatik 
    tushunchani o’zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o’quvchilar uchun ancha 
    murakkab jarayondir. O’qituvchi boshlang’ich sinflarda tushunchani o’zlashtirishga oid ishlarni 
    tashkil etishda o’rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o’zlashtirish 
    jarayonining psixologik-didaktik xususiyatlarini, o’quvchilarning nutqiy va aqliy o’sishi 
    birbirini taqozo etishini, grammatik bilimning nutqdagi o’rnini asos qilib oladi. Grammatik 


    74

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish