• Май 2021 10-қисм Тошкент HISOBLASH ISHLARINI BAJARISHDA EXCEL DASTURINING IMKONIYATLARI Ibragimova Farangiz Abdunabi qizi
  • Kalit so‘zlar
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Adabiyotlar:
    1. “Pedagogik fanlari o‟qitishning mazmuni va metodi”. Ilmiy tekshirish Instituti. “O‟rta 
    maktablarda chet tili o‟qitish kursi” Professor Setlin V.S. tahriri ostida. Toshkent “O‟qituvchi” 
    1978 y.


    82
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    HISOBLASH ISHLARINI BAJARISHDA EXCEL DASTURINING IMKONIYATLARI
    Ibragimova Farangiz Abdunabi qizi,
    Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi
    Tel.: +998995828238
    ibragimovafarangiz6164@gmail.com
     
    Annotatsiya:
    Ushbu maqolada kundalik hayotimizda yoki biror sohada hisoblash ishlarini 
    bajarishda Excel dasturining imkoniyatlari, undagi funksiyalar va formulalardan foydalanish, 
    natijalarni chiqarish, hisoblash ishlarini avtomatik hisoblovchi elektron jadval ko‘rinishiga 
    keltirish haqidagi fikrlar keltirilgan.
    Kalit so‘zlar:
    Excel dasturi, hisoblash, funksiyalar, formulalar, elektron jadval, kaloriya.
    Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat san’at, tibbiyot 
    kabilarning turli masalalari haqida mavjud ma’lumotlar, axborot zahiralaridan foydalanishni tashkil 
    etish, intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Hayot faoliyatimizda 
    hisob-kitobsiz biror bir sohani tassavur etish juda ham mushkuldir. Bu hisob-kitoblarni tahlil 
    etishda juda qiyin elektron jadvallar ko‘rinishida bo‘lishidan qat’iy nazar Microsoft Excel dasturi 
    juda qo‘l keladi. Oddiy amallarni bajarishdan tashqari unda ish varaqlari va grafik hujjatlar 
    ham tayyorlash, diagrammalar tuzish, rasmlar kiritish va juda ham muammoli masalalarni hal 
    etish, ish haqlarini va soliqlar taqdimoti, iqtisodiy siyosiy hisob kitoblarni yechishda, jumladan 
    berilganlarni tez o‘zgartirib turuvchi masalalarni tezkor qayta ishlab chiqishda grafik vositalar 
    bilan ishlashda keng imkoniyatlarni taqdim etadi. 
    Dastlab Microsoft Excel dasturining ommaviy imkoniyatlarini o‘zlashtirish qiyin emas, ammo 
    dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom 
    etishi mumkin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi. 
    Microsoft Excel dasturi Microsoft Office ning tarkibiy qismi hisoblanadi va bu dastur dunyodagi 
    eng mashhur ilovalar qatoriga kiradi. Excel dasturi foydalanuvchiga keng imkoniyatlarni taqdim 
    etadi. Excel foydalanuvchiga ekranning o‘zida jadvalning ko‘rinishini, shriftlar, belgilar va katak 
    tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkonini bergan ilk jadval muharrirdir. Yana u kataklarning aqlli 
    hisobini chiqarib beradigan dastur hisoblanadi. Microsoft Excel dasturi elektron jadvalli hisoblash 
    vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, 
    balki har kuni harid qilinadigan mahsulotlar hamda bankdagi hisob-kitoblarni olib borish uchun 
    yordam beruvchi tayyor dasturdir.
    Microsoft Excel dasturining asosiy ish maydoni bu “ish kitobi” bo‘lib, u bir yoki bir necha ish 
    varaqlaridan iborat bo‘ladi. MS Excel dasturida quyidagi ishlar ko‘lami bajariladi: Excelni yuklash; 
    jadval mavzusini kiritish; ustun va satrlar kengligini aniqlash; jadvalga ma’lumot yozish; ma’lumotli 
    jadvallarni fayl ko‘rinishda xotiraga yozish; ma’lumotlarni saralash; jadvaldagi ma’lumotlarni 
    tahlil qilish; shriftlar bilan ishlash; formula va funksiyalar bilan ishlash; ma’lumotlarni o‘chirish; 
    diagrammalar hosil qilish; natijaviy hisobotlarni chop etish. Excel dasturining elektron jadval 
    yacheykalariga uch hil ma’lumotlarni kiritish mumkin: matnli; sonli; formulalar.
    Endi Excel dasturidan foydalanib, kaloriyalar haqida ma’lumot beruvchi elektron jadval 
    yaratamiz. Buning uchun quyidagi ma’lumotlar talab etiladi. 
    Bunda jadvallar, matnlar, sonlardan foydalaniladi. Gipersilka orqali oynalar bog‘lanadi. 
    Birinchi oynaga mualif haqida ma’lumot va quyi qismida to‘rtta bo‘lim kiritiladi. Bu bo‘limlarga 
    sichqonchani olib borib bosganimizda har bir bo‘limga tegishli bo‘lgan oyna ochiladi. Anketa 
    bo‘limiga kirib biz o‘zimiz haqimida ma’lumot kiritamiz keyingi oynalarda kun davomida 
    qilayotgan ishimizni, iste’mol qilyotgan mahsulotlarimiz va miqdorini kiritamiz. Natijani 
    ko‘rganimizda bizga qancha kaloriya kerakligi, biz kun davomida qancha to‘plaganimiz va 
    yo‘qotganimizni elektron jadvalda ko‘rsatib beradi.
    Xulosa qilib aytganda, kundalik hayotimizda yoki biror sohada hisoblash ishlarini bajarishda 
    Excel dasturining imkoniyatlaridan foydalanish, undagi funksiyalar va formulalardan foydalangan 
    holda hisoblash ishlarini avtomatik bajarish, natijalarni elektron jadvallar ko‘rinishida olish 
    mumkin ekan.

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish