|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 бBog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismAnnotatsiya.
San’atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya’ni, tur sifatida belgilovchi
xususiyatidir.San’atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o‘zi anglagan mohiyatni va
o‘zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma’noda obraz adabiyot va
san’atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va
san’atga xos fikrlash tarzi “obrazli tafakkur” deb yuritiladi.
Kalit so’zlar.
X.Davron, A.Oripov, Oybek, badiiy asar, istilohiy ma’no, adabiyot, badiiy obraz,
spetsifik, obraz.
“Obraz” termini rus tilidan olingan bo‘lib, o‘zbekcha tarjimada “aks” degan ma’noni anglatadi.
Masalan, kishining oynadagi aksiga nisbatan ham “obraz” deb aytiladi. Biroq, bilasizki, so‘zning
lug‘aviy ma’nosi bilan istilohiy ma’nosi farqlanadi: lug‘aviy ma’no bilan istilohiy ma’no orasida
tutash nuqtalar bo‘lsa-da, mutaxassis istiloh ostida konkret ma’noni tushunmog‘i lozim bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, biz “obraz” deganda adabiyot va san’atning tafakkur shakli bo‘lmish badiiy obrazni
nazarda tutamiz.
Badiiy obraz borliqning(undagi narsa, hodisa v.h.) badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy obraz
o‘sha borliqning oddiygina aksi emas, yo‘q, u borliqning san’atkor ko‘zi bilan ko‘rilgan va ideal
asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Bu aksda borliqning ko‘plab tanish izlarini topasiz, biroq
bu endi biz bilgan borliqning ayni o‘zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik — badiiy borliqdir.
Fikrimizni oydinlashtirish uchun musavvir ijodiga murojaat qilaylik. Musavvir yaratgan peyzaj
— tabiat manzarasi tasviri bilan “natura” — asarga asos bo‘lgan real manzara orasida juda katta
tashqi o‘xshashlikni topishimiz va, hatto, “xuddi o‘zi-ya” deya hayratlanishimiz mumkin. Ehti-
mol, kim uchundir bu nav hayrat musavvir ijodiga berilgan yuksak baho bo‘lib ko‘rinar, aslida esa
bu xil baho san’atni tushunmasligimizdan dalolat, xolos. Ya’ni, biz musavvir ayricha bo‘rttirgan
bo‘yoqlarni, uning kechinmalariga “hamohang” ranglar jilosini, bizning nazarimizda ahamiyat-
siz ko‘ringani uchun e’tibor bermaganimiz, biroq muallif nazarida muhim bo‘lgani uchun bo‘rt-
tiribroq berilgan chizgini, naturada bo‘lsa-da asarda aksini topmagan yoki bo‘lmasa-da asarda aks
ettirilgan jajji detalni, ... ilg‘ay olmagan bo‘lib chiqamiz. Boshqacha aytsak, obrazdagi ob’ektiv
ibtidoni ko‘rganimiz holda, undagi sub’ektiv ibtidoni — asarga singdirib yuborilgan muallifni,
muallif qalbini ko‘ra olmadik. Modomiki badiiy obrazda faqat ob’ektiv ibtidonigina ko‘rar ekan-
miz, demak, asarni ko‘rmagan — badiiyat hodisasidan chetda qolgan bo‘lib chiqamiz. Zero, ba-
diiyat ijod va retseptsiya (o‘qish, tomosha qilish, tinglash) jarayonlaridagina mavjuddir. Bundan
ko‘rinadiki, haqiqatda badiiy obrazning materiali real voqelikgina emas, ijodkor shaxsiyati ham-
dir. Shu vajdan ham bir xil mavzuni qalamga olgan ikki yozuvchi, bitta narsaning suratini chizgan
ikki rassom tomonidan yaratilgan obrazlar bir xil bo‘lmaydi, bo‘lolmaydi. Badiiy obrazning
muhim xususiyatlaridan yana biri uning metaforikligi sanaladi. Bu o‘rinda “metaforiklik”ni keng
ma’noda tushunish, uni “o‘xshashlik”ning o‘zi bilangina bog‘lab qo‘ymaslik lozim. Ya’ni, “meta-
foriklik” deganda badiiy obrazning bir narsa mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochishga intilishi,
san’atga xos fikrlash yo‘sini tushuniladi. Chinakam san’atkor nigohi mohiyatga qaratilgan bo‘lib,
u voqelikdagi narsa-hodisalarning barchamizga ko‘rinib turgan tashqi o‘xshashligi emas, bizning
nigohimizdan yashirin ichki o‘xshashligiga tayangan holda fikrlaydi. San’atkor biz uchun kutil-
magan ichki o‘xshashlikni inkishof etadiki, natijada o‘sha biz bilgan narsa-hodisa ko‘z oldimizda
butkul yangicha bir tarzda suratlanadi, o‘zining bizga noayon qirralarini namoyon etadi. Masalan,
musavvir ijodi haqida, rangtasvir san’atining o‘ziga xosligi haqida hammamiz ham ma’lum bir
tasavvurga egamiz. Shoir (X.Davron) esa bu haqda yozadi: “Musavvir bo‘lmoq ersang Tilingni
sug‘urib ol Va yaradan to‘kilgan qon rangiga quloq sol”. Albatta, rangtasvirda ranglar “gapirishi”
hammamizga ma’lum, biroq ayni shu fikrning “gapirayotgan qon rangi” obrazi orqali berilishi
— kashfiyot, metaforik fikrlash natijasi va xuddi shu narsa bizni hayratga soladi, shuurimizda
muqim o‘rinlashadi. Mohiyatga qaragan san’atkor qobig‘iga o‘ralib yashayotgan odam bilan sas-
siq ko‘lmakdagi tilla baliqcha yoxud o‘zida cheksiz kuch qudrat sezgani holda maqsaddan mo-
suvo yashayotgan odam bilan bemaqsad uchib yurgan burgut orasida(A.Oripov), turg‘unlikning
|
| |