|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 бBog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
“Do‘sting bo‘lsa, bog‘ing chamandir” deb aytmagan. Ertakdagi kenja o‘g‘ilning oqila va dono
xotini cholning o‘g‘illariga qarata: “Turli shaharlarga borib, qo‘rg‘on solib kelinglar!” [3:134] degan
so‘zlarining mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglaydi va shu orqali cholning maqsadi oydinlashadi.
Ertak so‘ngida chol: “Har bir shahardan orttirilgan do‘st u yerga bir qo‘rg‘on qurish bilan teng!
Mening maqsadimni faqat kenja o‘g‘lim tushunibdi”, deydi. Mazkur ertakning didaktik tahlili
asosida o‘quvchilarga do‘st orttirish va do‘stni qadrlash zarurligi haqidagi g‘oyalarni singdirish
zarur. Bundan tashqari, o‘quvchilarga odamlar bilan muloqotga kirish va nutq odobi haqida ham
fikrlarni aytib o‘tish lozim. Ertakni sinfda tahlil qilganda har bir o‘quvchidan shaxsiy fikrini
so‘rash, “ertakdan qanday xulosa chiqardingiz” deb ularga murojaat qilish tahlilda yaxshi samara
beradi. Yana shuni ham aytish kerakki, o‘quvchilar ertaklarni o‘zlari mustaqil mutoala qiladilar.
Mustaqillik ularga ishonch va zavq-shavq bag‘ishlaydi. Xalq ertaklarida ijtimoiy muhim masalalar
odilona hal etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli bo‘lgani uchun har qanday kitobxonga tez yetib
boradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini tashkillash va olib
borish, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ertaklar olamiga sayohati o‘quvchi ma’naviy
dunyosini boyitishda muhim manba. Darslarda o‘quvchilarga ertaklardan to‘g‘ri xulosa
chiqarishga o‘rgatish yosh avlodni axloqiy-ma’naviy jihatdan boyitishga, mustaqil fikrlashga
undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Quronov D., Mamajonov Z., SHeralieva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Toshkent,
Akademnashr, 2013.
2. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish. Toshkent, 2017.
3. G‘afforova T., Nurullaeva SH., Mirzahakimova Z. O‘qish kitobi. 2-sinf uchun darslik.
Toshkent, 2018
|
| |