|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 бBog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
SCRATCH DASTURLASH MUHITI MAVZUSINI O‘QITISHDA ELEKTRON O‘QUV
QO‘LLANMADAN FOYDALANISH
Jabbarov Eldor Komil o‘g‘li,
Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi
Tel.: +998995574509
eldorjabborov1707@gmail.com
Murodqosimova Shodiya Xolmamat qizi,
Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi
Tel.: +998997439901
murodqosimovashodiya@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda,
xususan, “Scratch dasturlash muhiti” mavzusini o‘qitishda Macromedia Dreamweaver dasturi
yordamida yaratilgan elektron o‘quv qo‘llanmadan foydalanish metodikasi keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
informatika va axborot texnologiyalari, elektron o‘quv qo‘llanma, Macromedia
Dreamweaver dasturi, Scratch dasturlash muhiti.
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining yorqin namoyondasi sifatida elektron
o‘quv qo‘llanmalarni qarash mumkin. Ular zamonaviy axborot texnologiyalarning mahsuli
bo‘lib, ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi. Elektron o‘quv qo‘llanmalar ta’lim olishning
yangi shakli bo‘lgan masofaviy o‘qitishning metodologik asosi hisoblanadi.
Biz quyida 5-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanining VI bob “Dasturlash
texnologiya”si bo‘yicha yaratilgan, pedagogik dasturiy vosita sifatida yaratilgan tayorlangan
elektron o‘quv qo‘llanmadan foydalanish haqida to‘xtalamiz.
Ushbu elektron o‘quv qo‘llanma Macromedia Dreamweaver dasturida yaratilgan bo‘lib, uni
ishga tushirish uchun dastlab elektron o‘quv qo‘llanma saqlangan papkaning
Scratch.html
fayli ishga tushiriladi. Natijada quyidagi shaklda 5-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
darsligining muqova qismi namoyon boʻladi.
Elektron o‘quv qo‘llanmaning muqova qismida 7 ta asosiy menyu, rasmlar va bitta ishchi oyna
mavjud. Biz
tugmasini bosish orqali uning 1-mavzuga tegishli mudarija sahifasiga
oʻtamiz.
Bu sahifamizda 1-mavzu “Scratch dasturlash muhiti” mavzusi uchun joylashgan tugmalar
mavjud boʻlib, bu tugmalar orqali mavzular bayoni, taqdimot, krossword, test, vazifa, videodars
keltirilgan sahifalarga oʻtish mumkin.
tugmasi orqali mavzu bayoni berilgan sahifaga oʻtish mumkin.
|
| |