|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 бBog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
- Bilim - malaka, olgan bilimlarini amaliy faoliyatda qo`llay olish;
- Bilim-transformatsiya, olgan bilimlarini, keyingi yangi bilimlarni, yangi vazifalarni
bajarishda qullash (ya’ni ijodiy foydalana olish darajasi)dir.
Agar umumta’lim maktablari birinchi, ikkinchi darajadagi bilimlarni o`rgatsa, oliy ta’lim
uchinchi, oliy ta’limdan keyingi ta’lim to`rtinchi darajadagi, ya’ni ilmiy izlanish, aspirantura,
doktoranturalarda bilim berishni davom ettiriladi. Undan keyingi ta’lim ”beshikdan qabrgacha”.,
”umr bo`yi uzluksiz” ta’lim davom ettiriladi.
Shuni yodda saqlash kerakki, ijodkor yaratuvchi shaxsni tarbiyalash -fanga ma’lum bo`lgan
bilimlarning o`zinigina o`zlashtirish bilan kifoyalanmay, olingan bilimlar zamirida yangi
bilimlarni kashf etishlari bilan muhimdir.
Bunga yorqin misol, ulug` allomalarimiz muso al-xorazmiy matematika fanining asoschisi, al-
farg`oniyning turli fanlarga tegishli buyuk kashfiyotlari, al-farobiyning (70 dan ortiq tillarda erkin
so`zlashgan), tovush tezligi, chastotasi, moddiyat, issiqlik, harakat, optikaga oid kashfiyotlari, abu
rayhon beruniyning (komusiy olim) mineralogiya, geodeziya, jug`rofiya, falakkiyot (astronomiya)
fanlari rivojiga qo`shgan katta hissasi, abu ali ibn sinoning ”tib qonunlari”, ”ko`z anatomiyasiga”
bag`ishlangan kitoblari, ulug`bekning ”zijji kuragoniy” asari. Ularning koldirgan asarlari hozirda
ham mamlkatimizda va ko`plab evropa mamlakatlarida o`qib o`rganilmoqda.
Ularning kashfiyotlari butun jaxon xalqlarining umum mulkiga aylanmokda. Bu shundan darak
beradiki, allomalarimiz o`z davrida mavjud bilimlarni chuqur va puxta o`rganib, o`zlashtirib
qolmay, ular o`z ishlariga izlanuvchanlik va ijodkorlik bilan yondoshib, juda ko`plab kashfiyotlar
qilganlar. Shuning uchun yangilangan didaktikaning vazifasi faqatgina fanga ma’lum bo`lgan
bilimlarning o`zini o`rgatish, uni takrorlash bilan cheklanmay, ularning ijodiy, tanqidiy va
yaratuvchanlik ruhida ish yuritishlariga zamin yaratib bormoqdan iborat.
Hozirgi zamon ta’limining bosh va asosiy vazifasi – o`quvchining intellektual darajasini,
yaratuvchanligini, ijodkorligini, izlanuvchanligini takomillashtirish orqali ularni yangi bilimlarni
olish, yaratishga ruhlantirishga qaratilmog`i kerak.
Ma’lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko`ra) olti yoshgacha bo`lgan bolalar 40
% iste’dod potensialiga ega ekanlar. Bolalar eng kichik yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikka
juda moyil bo`lar ekan. Agar shu davrda u bilan olib borilayotgan ta’lim jarayoniga faqat an’ana-
viy ta’lim asosida yondoshilsa, undagi ijodkorlikka moyillik so`nib boradi.
O`quv-biluv ijodkorlikka yo`naltirilsa - uning faolligi, yaratuvchanlik qobiliyati oshib boradi.
Sgeato-lotincha so`z bo`lib - yaratuvchanlik, ijodkorlik degan ma’noni beradi.
Yaratuvchanlik va ijodkorlik metodlarini yaratishni, o`rgatishni kreativ pedagogika o`rgatadi.
Agar ta’lim jarayoni o`quvchi faolligiga asoslangan muammoli, dasturlangan, loyihalar
jadallashtirilgan holda kechsa, u holda kreativ yo`nalishga ega bo`lib, o`quvchining faolligi tufayli
u yangilik, ijodkorlik sari etaklaydi.
Ijodkorlik va madaniyatlilik o`quv faoliyatida doimiy tizimli kechsa, u ijodkorlik sari boradi.
Shuning uchun ham o`quv jarayonidan tashqari vaqtda ”texnik ijodkorlik asoslari” yoki ”texnik
loyihalash ijodiy asoslari” ilmiy izlanish yo`nalishidagi to`garaklar tashkil etilsa, o`quvchining
loyihalash ijodkorligi oshib boradi. Shuning uchun ham bolalarning bo`sh vaqtini mazmunli va
maqsadli yo`naltirish, ularning kelgusida kasbiy mahoratli, ijodkor bo`lib etishishiga sabab bo`ladi.
|
| |