94
Май 2021 10-қисм
Тошкент
GEOGRAFIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANIB DARS
TASHKILLASHTIRISH
Karimova Moxida Absattarovna
Namangan viloyati Uychi tumanidagi
7-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
geografiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy usullarini qo’llash,
o’qitish jarayonida yuqori natijalarga olib keladi. Ta’lim usullarini
har bir darsning didaktik
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.
Kalitso’zlar:
an’anaviy dars, ta’lim, samaradorlik, geografiya, shakl.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, uni turli-tuman zamonaviy usullar bilan boyitish
ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishini ta’minlaydi. Buning uchun dars
jarayoni
oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini
orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib
turilishi, o’quv materialini
kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda interfaol usullarni qo’llash va
ta’lim oluvchilarni ommaviy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Bu usullar
qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Interfaol usullarni
qo’llash bo’yicha
umumiy metodik tavsiyalar
:
1. Jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo’lish.Barcha tinglovchilar har bir nuqtai
nazarga sabrli bo’lib, so’z erkinligini hurmat qilishlari kerak.
2. Tinglovchilarning guruhlarga bo’linishiga jiddiy e’tibor berish.
3. Tinglovchilarning hammasi u yoki bu darajada ishga jalb qilingan bo’lishi kerak.
4. Tinglovchilarning mashg’ulotga ruhiy tayyorgarligiga ko’maklashish.
“Aqliy hujum”
usuli- g’oyalarni ishlab chiqish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda qiyin
muammoni yechishgaharakat qiladilar:uni yechish uchun shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar.
“Aqliy hujum” quyidagi qoidalar bo’yicha o’tkaziladi: -fikr hech qanday cheklanmagan holda,
iloji boricha balandroq ovozda aytilishi lozim;- har qanday fikrni aytish mumkin, u qabul qilinadi;
-g’oyalarga
tushuntirish berilmaydi, ular vazifalarga bevosita bog’liq holda aytiladi;
-takliflar
berish to’xtatilmaguncha, aytilgan g’oyalarni tanqid yoki muhokama qilishga yo’l qo’yilmaydi.