97
Май 2021 10-қисм
Тошкент
O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI VA
ULARNI TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHNING USLUBIY JIHATLARI
Kuzibayeva Nargiza Buvaxanovna
Urganch tumani 13-son maktab o‘qituvchisi
Telefon: +998 (94) 319 90 45
kuzibayeva_nb@inbox.uz
Masharipova Muyassar Kamilovna
Urganch tumani 27-son maktab o‘qituvchisi
Telefon: +998 (97) 221 55 86
mm_ kamilovna@inbox.uz
Annotatsiya:
Ushbu maqola o‘quv faoliyatini tashkil etishning
zamonaviy o‘qitish shakllari
va ularni
amalga oshirish usullari, yakka, guruh va ommaviy tarzda tashkil etiladigan o‘qitish
shakllari va avzalliklari haqida.
Kalit so’zlar:
Ta’limning
ommaviy shakli, differensiyalashgan-guruhli ta’lim shakli,
Individual ta’lim, zamonaviy ta’lim, jamoaviy ishlash, individual-psixologik, tanqidiy fikrlashni,
aqliy operatsiyalar
Turli dars tuzilmalaridan yanada samaraliroq foydalanish yo‘llarini izlashda darsda o‘quvchilar
o‘quv faoliyatlarini tashkil etish shakllari alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Pedagogik
adabiyotlar va maktab amaliyotida asosan uchta shunday shakllari qabul qilingan – ommaviy,
guruhli va individual.
Ta’limning ommaviy shakli sinfdagi jami o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligi ostida birgalikda
harakatlarini ko‘zda tutadi. Guruhli shaklida esa o‘quvchilar 3-6 kishidan iborat guruhlar yoki
juftliklarda ish olib boradilar. Guruhlar uchun topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin.
Individual shakli har bir o‘quvchining alohida mustaqil ishlashini ko‘zda tutadi.
Birlashtirish-guruhli shaklida sinfni odatda katta umumiy topshiriqni
har biri faqatgina bir
qismini bajaradigan guruhlarga ajratishni ko‘zda tutadi.
Differensiyalashgan-guruhli ta’lim shakli doimiy guruhlar ham, bir xildagi o‘quv imkoniyatlariga
ega va o‘quv ko‘nikmalari bir xil darajada shakllangan o‘quvchilarni birlashtirishini ko‘zda
tutadi. Guruhli shakllariga o‘quvchilarning juft bo‘lib ishlashlari ham kiritiladi. O’quv guruhlari
faoliyatlarini o‘qituvchi o‘zi bevosita hamda o‘z yordamchilari – o‘quvchilar
fikriga qarab
tayinlangan zvenolar va brigadalar orqali boshqaradi.
Individual ta’lim
o‘quvchilarning boshqa o‘quvchilar bilan bevosita aloqalarini ko‘zda
tutmaydi. O’z mohiyatiga ko‘ra sinf jamoasi yoki muayyan guruhlar
bilan ishlashdan tubdan
farq qilmasa-da, biroq o‘quvchi o‘zining shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq o‘qituvchi tomonidan
berilgan topshiriqni mustaqil bajaradi. Bu maqsad yo‘lida maxsus tayyorlangan kartochkalardan
foydalanish mumkin.
Darsda o‘qituvchiining e’tibori bir necha o‘quvchiga qaratilsa, bu vaqtda qolgan o‘quvchilar
mustaqil ishlasalar ta’limning bunday shakli individual-guruhli shakl deb ataladi.
Zamonaviy ta’lim amaliyotida ko‘proq ikki tashkiliy shakl: ommaviy va individual shakllardan
foydalaniladi. Ayni vaqtda guruhli va juftli o‘qish shaklidan amaliyotda ancha keng foydalaniladi.
Ta’limning ommaviy shakli ham, guruhli shakli ham jamoaviy hisoblanmasa-da, lekin ayrim
pedagoglar ularni ommaviy ta’lim deb ko‘rsatishga harakat qiladilar.
Jamoaviy ishlash faqatgina differensiyalashgan guruhli ishlar asosidagina tashkil etiladi.
O’quv ishlarini tashkil etishning jamoaviy shakli o‘qituvchi va o‘quvchilarning
dinamik yoki
o‘zgaruvchan tartibli juftliklarida kechayotgan munosabatlaridir.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda yosh avlodni yuqori
kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish, erkin
fikr bildirish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning
ilmiy bilim darajasini
va faolligini kengaytirishni, ularda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirishni talab qiladi.
Masalan, erishilgan natijani o‘lchash me’yori (baholash usuli) – guruhlarga bo‘lingan holda
«Go‘zal fazilat - inson husni», «Bobur va kabutar», «Kamtarinlik hakida», «Navro‘z
- bahor
bayrami» mavzulariga oid og’zaki esse tuzish; berilgan vaqt doirasida testlar to‘plamini bajarish: