Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A. J. Jo`rayev “ Tarbiyaviy darslarni o`tish” // Sinf rahbarlari uchun qo`llanma. T.: Sharq
1997, 7-bet
2. ”Ilm sarchashmalari” jurnal 7-son, Urganch-2017
100
Май 2021 10-қисм
Тошкент
SALBIY INFORMATSION PSIXOLOGIK TA’SIRLAR
(Terrorizm misolida)
Mamatov Asqarali Xolto‘ra o’g’li
Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti
Annotatsiya:
Maqolada salbiy informatsion ma’lumotlarning inson ongiga ta’siri va bu
jarayondan foydalanayotgan g’arazli kuchlarga qarshi kurash masalalari yoritib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
axborot, axborot ta’siri, terroristik kuchlar, salbiy informatsiyalar.
Globallashuv davrida jahon mamlakatlari barcha sohalarda rivojlanib bormoqda.Har bir
davlat o’z milliy taraqqiyot yo’lida boshqalardan ortda qolmaslik uchun ildam odimlamoqda.
Bu rivojlanish va taraqqiyotdagi o’sishlar kuch ishlatish yoki biror bir davlatga zo’ravonlik
natijasi emas, balki inson tafakkuri hisobiga qo’lga kiritilmoqda. Lekin ko’z yumib o’tish
mumkin bo’lmagan ba’zi bir holatlar ham borki: ular, albatta, taraqqiyotning chin ma’nodagi
kushandalari hisoblanadi.Biror bir guruhlar va ularning a’zolari tomonidan taraqqiyotga raxna
solayotganligi ham har qadamda uchraydi. Hozirgi kunda bu kuchlar o’z taktikasini, kurashish
usullarini ham o’zgartirib yangilashgan. Terrorizm, ekstremizm kabi mudhish jinoyatlar buning
yaqqol dalilidir. Bu kabi jinoyatlar sabab qanchadan – qancha davlatlar inqirozga yuz tutmoqda,
vayronagarchiliklar, begunoh to‘kilgan qonlar, va eng achinarlisi, bu kabi kuchlar ta’sirida
xalqlarning milliy ma’naviyati va millat yoshlarining ongini ham og’ir tanazzulga yuz tutishiga
olib kelmoqda. Xalqlar o’z urf -odatlari, milliy ongi va insoniylik qiyofasidan ayrilib davlat
parokandaligiga sabab bo’lmoqda. Millionlab oilalar o’z yurtlaridan qochib boshqa joylardan
panoh izlab, darbadarlikda hayot kechirishga mahkum bo’lmoqdalar. Ayni damda hayotimizning
ajralmas qismiga aylanib ulgurgan OAV bunyodkor g’oyalar bilan birgalikda vayronkor g’oyalarga
ham makon bo’lib qolmoqda.Global internet tarmog‘i esa yuqoridagi g’arazli kuchlarning asosiy
faoliyat olib borish o’rniga aylanib qolyapti. Ularning asosiy ta’sir vositasi axborotlar bo’lib
kelmoqda. Vaholanki, inson 85% axborotni ko’rish, 15 %ini esa eshitish orqali oladi [1]. Ular
ta’siriga bilib – bilmay tushib qolayotgan begunoh insonlardan o’z g’arazli niyatlarining bir quroli
sifatida istalgancha foydalanishmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, internet tarmog’ida
ekstremizm va terrorizmni targ’ib qiluvchi, ta’qiqlangan saytlarning aksariyat foydalanuvchilari
hali psixikasi yetarli darajada shakllanib ulgurmagan 15 – 25 yosh oralig’idagilar hisoblanishadi
[2]. Axborot orqali psixologik ta’sir etish orqali insonning emotsiyasi, ruhiyati va ongiga kirib
borishmoqda. Destruktiv ma’lumotlar asosida zararlangan shaxs aynan o’zi uchungina emas,
butun bir jamiyat uchun ham xavflidir. Axborot xurujlari ta’siriga tushib qolayotganlarning
ko’pchiligi yoshlar ekanligi achinarli holat sanaladi. Bu kabi yot kuchlar domiga tushib
qolishga sabab, o’mirlik davrida yoshlar psixologiyasida bo’ladigan ruhiy jarayonlar, ota – onasi
yoki ustozlari yoxud do’stlari orasida ularning yaqin kishilari yo’qligi, ularni to’g’ri yo’lga
boshqarilmayotganiligi va bo’sh vaqtlarining ko’pligi desak, yanglishmagan bo’lamiz. Tabiiyki,
bo’sh vaqti ko’p bo’lgan o’smir ijtimoiy tarmoqlar uchun asosiy vaqtini sarflaydi. Bu vaqtda har
bir yoshda qiziquvchanlik kuchlilik qilgan holda bilimlarida bo’shliq bo’lganligi sabab, yoshlar
ongi yot g’oyalar bilan “oziqlanib” boradi va natijada turli xil ijtimoiy tarmoqdagi guruhlar
domiga tushib qolishadi. Davlatimizda bu kabi illatlarning oldini olish maqsadida 2019 - yil
19 – mart kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,
ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 tashabbus loyihasi ilgari surildi.5
tashabbusdan 3 – tashabbus aholi va yoshlar orasida kompyuter texnologiyalari va internetdan
samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan [3]. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holatda
esaaholi va yoshlar o’rtasida internetdan foydalanish madaniyatini oshirishga muvaffaq bo’lish
mumkin. Vaholanki, nafaqat har bir yosh, balki katta yoshdagi kishilar ham internet tarmog’idan
to’g’ri maqsadda foydalanmasligi mumkin.
Internet tarmog’iga in qurgan ekstremistik guruhlarga qarshi hozirgi kunda butun dunyoda
davlatlar siyosati darajasida kurash olib borish chora – tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Jumladan,
Rossiya Federatsiyasida internet xavfsizligini ta’minlash, aholi ongida internetdan foydalanish
madaniyatini shakllantirish, internetning salbiy ta’sirlariga qarshi kurash olib borish maqsadida
Internet konferensiyalari
o’tkazish, xalqaro hamkorlik doirasida xalqaro terrorizmga qarshi
qaratilgan tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Ko’rinib turibdiki, internet tarmog’i hozirgi kunda
|