• List of used literature
  • Май 2021 10-қисм Тошкент PSIXOLOGIK TADQIQOT O‘TKAZISHNING ASOSIY BOSQICHLARI VA METODLARI Shukurova O’g’iloy Umaraliyevna
  • Kalit so’zlar
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    teaching ESL abroad. This latter group is well-served by the site as it includes areas in which users 
    can post resumes and photos. There will always be a need for ESL instructors as English shows 
    no signs of losing international importance. The language may not change much over time, but 
    teaching methods are always evolving. These five great websites for ESL teachers are designed for 
    both the novice as well as the experienced instructor.
    USEFUL INTERNET SITES FOR TEACHERS
    List of used literature
    1. Apthorp, H. ’Effects of a supplemental vocabulary programme in third grade reading/
    language arts.’ Journal of Educational Research, 100:2, 67-79. (2006) 
    2. Beals,D.’Sources of support for learning words in conversation: evidence from mealtimes.’ 
    Child Language, 24:673-694. (1997) 
    3. Beck I and McKeown M ’Increasing you low income children’s oral vocabulary repertoires 
    through rich and focused instruction’ The Elementary School Journal Vol 107, No 3.(2007)
    4. http://www.rostest.runnet.ru - Test olish markazi serveri
    5. http://www.allbest.ru - Internet resurslari electron kutubxonasi (rus tilida),


    104
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    PSIXOLOGIK TADQIQOT O‘TKAZISHNING ASOSIY BOSQICHLARI VA 
    METODLARI
    Shukurova O’g’iloy Umaraliyevna
    Guliston Davlat Universiteti o’qituvchisi
    Mustafoqulov Farrux
    GulDU talabasi
    Annotatsiya:
    Maqolada tadqiqot va o‘rganishlar o‘z maqsadiga, yo‘nalishiga, qo‘llanilayotgan 
    vositalarning xususiyati va metodlari o’rganilgan.
    Kalit so’zlar:
    tadqiqot, faraz, eksperiment, psixologik nazariya, gipoteza
    Har qanday tadqiqot va o‘rganishlar o‘z maqsadiga, yo‘nalishiga, qo‘llanilayotgan vositalarning 
    xususiyatiga, amaliy yoki nazariy ahamiyatiga ko‘ra turlicha o‘tkaziladi. Shu bilan birga ularning 
    umumiy tomonlari ham mavjud. Masalan, har qanday tadqiqot to‘rt bosqichda o‘tkaziladi. 
    Birinchi bosqich – tayyogarlik bosqichi. Bu bosqichda material turli vositalar bilan o‘rganiladi, 
    o‘rganilayotgan hodisalar haqida dastlabki materiallar to‘planadi. To‘plangan materiallar tahlil 
    qilinadi. Bu bosqichda ma’lum gipoteza (faraz) paydo bo‘la boshlaydi. Bu faraz tadqiqot jarayonida 
    yoki tasdiqlanadi. Yoki inkor qilinadi. Har qanday tadqiqotning samaradorligi to‘g‘ri tadqiqot 
    yo‘lini tanlash ko‘p jihatdan tayyorgarlik bosqichiga bog‘liq.
    Ikkinchi bosqich-bevosita tadqiqot o‘tkazish bosqichi. Bunda tadqiqotning konkret metodlari 
    ishga solinadi. Bu bosqichda tadqiqotchi o‘z tadqiqotlar maqsadidan kelib chiqqan holda bir yoki 
    bir necha konkret metodikalardan (eksperimentlardan) foydalanadi. Tekshirish (eksperiment) 
    o‘tkazilib zaruriy tadqiqot (eksperimental) ma’lumotlar yig‘iladi.
    Uchinchi bosqich-tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlarni miqdor jihatdan ishlab chiqish. 
    Psixologiya fani bu bosqichda ko‘plab samarali matematik statistika usullaridan foydalanadi. 
    Tadqiqotning to‘rtinchi bosqichi olingan natijalarni tushuntirib berishdan iborat. Bu bosqichda 
    to‘plangan va matematik metodlar yordamida ishlab chiqilgan ma’lumotlar psixologik nazariya 
    asosida izohlanadi va tadqiqot gipotezasining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi o‘zil-kesil hal qilinadi.
    Barcha fanlar kabi psixologiya fani o‘zining taraqqiyot ob’ektiga va 3 ta tadqiqot metodalariga 
    ega. Psixologiyaning metodlari juda turli-tuman bo‘lishiga qaramay ularning barchasi umumiy 
    talablarga va qoidalarga bo‘ysunadi. Bular tadqiqotning dialektik metod bilan ob’ektiv ravishda 
    olib borish va genetik printsipiga amal qilishdir.
    Shunday talablardan biri dialektik metod talabidir. Bu talga kura barcha psixik hodisalarni 
    o‘zgarishda va sha psixik hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa narsa va hodisalarga bog‘lab 
    o‘rganishi shart. 
    Ilmiy psixologik metodlarning ob’ektivligi psixikani o‘rganishda psixik hodisalar paydo 
    bo‘lishining ob’ektiv shart-sharoitlari va ob’ektiv nomoyon bo‘lishlari tekshiriladi. Bu talab 
    bajarilmasa maxsus tayyorgarlikka ega psixologik ham ilmiy jihatdan asosli ma’lumotlar to‘play 
    olmaydi. 
    Genetik prinsipga amal qilishning mohiyati shundan iboratki, o‘rganilayotgan har qanday 
    psixik hodisaga protsess tarzida qaraladi. O‘rganilayotgan psixik faktning tarixini taraqqiyot 
    momentlarini, bu momentlarning o‘rin almashishlarini o‘rganishdan iborat. 
    Hozirgi zamon psixologiya fani qancha aniq, tekshirilib, sinovdan o‘tkazilgan, samarali 
    metodlarga ega. Ularning asosiylariga qisqa to‘xtalib o‘tamiz. 
    Kuzatish metodi- psixologiya fanida qadimdan keng qo‘llanilib kelayotgan metodlardan biridir. 
    Hayotiy psixologiyada aytarli barcha faktlar kuzatish yordamida to‘planadi. Ular asosida xulosalar, 
    maqollar, matallar to‘plangan. Kuzatish metodining ikki turi farqlanadi: o‘z-o‘zini kuzatish va 
    tashqi kuzatish. 
    O‘z-o‘zini kuzatish o‘z vaqtida psixologiyaning eng asosiy metodi deb hisoblangan. Chunki bu 
    nuqtai-nazar tarafdorlarining fikricha, kishining haqiqiy ruhiy holatlarni kishining o‘zi biladi va 
    tushunadi xolos. Boshqa kishi bu hodisalarni oxirigacha hech qachon tushuna olmaydi. Haqiqatda 
    esa o‘z-o‘zini kuzatish sub’ektivlikka egadir. O‘z-o‘zini kuzatish shu sababli psixologiyaning 
    yagona ishonchli metodi bo‘la olmaydi. 

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish