• Annotatsiya
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Adabiyotlar
    1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. –T.: «O‘qituvchi», 1998.
    2. G‘oziev E. Psixologiya. T.: O‘qituvchi, 1999.


    105
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    PSIXOLOGIYA FANI VA UNING MAQSADI 
    Narzikulova Zebiniso Xolmurodovna
    Surxondaryo viloyati Uzun tumani 
    14-maktab psixologi
    tel:+998 99 158 45 97
    Annotatsiya:
    maqolada psixologiya faning maqsadi, inson psixologiyasi, fanning jamiyatda 
    o‘zgarishi, shuningdek, insonlarning axloqiy-ma’naviy dunyosida ongosti holatlari kabi masalalar 
    yoritilgan.
    Kalit so‘zlar: 
    mohiyat, talqin, inson, insonparvarlik psixologiyasi
    Hozirgi davrda psixologiya fani keskin o‘zgarishlarni boshidan kechirayotir. Unda ichki 
    tuzilishi, tarkibiy qismlari, ularning o‘zaro uyg‘unligi, mohiyati va talqin etilishi jihatidan qayta 
    qurishlar, har qaysi narsa va insonga (jonli va jonsiz tabiatga) insonparvarlik psixologiyasi 
    qonuniyatlari hamda prinsiplari asosida yondashishni tatbiq qilish namoyon bo‘lmoqda. Narsa va 
    hodisalarga, hayvonot va insoniyatga nisbatan yangicha yondashish, ularning shaxs tomonidan 
    aks ettirilishini faqat onglilik holatidan kelib chiqqan holda ta’riflash bilan cheklanib qolmasdan, 
    balki odamning ongsizlik va ongostlilik (g‘ayri ixtiyoriylik) holatlari bu borada muayyan ahamiyat 
    kasb etishini tushuntirish, unda bir holatdan ikkinchisiga uzluksiz o‘tib turish tabiiy ravishda 
    ro‘y berishini ta’kidlash o‘rinlidir. Chunki shu davrgacha psixologiya fanida yetakchi prinsip 
    sifatida “ong va faoliyat birligi” hisoblanib kelindi, binobarin, psixikaning har qaysi ko‘rinishi, 
    bosqichi, xususiyati, darajasi, xossasi, o‘zaro ta’sirlanishi, bir-birini taqozo etuvchanligi faoliyat 
    nuqtai nazaridan baholanishi an’anaga aylandi. Natijada onglilikdan chetlanish holatining 
    inson hayoti uchun ahamiyati tadqiqotchining diqqat markazidan, izlanish mavzusidan ancha 
    uzoqlashdi. Buning oqibatida shaxsning ongosti, ongsizlik holatlari, bularga uning moslashishi, 
    intilishi, bilish sababi va mayli, ruhiy tayyorligi, ixtiyorsizligi, muvofiqlashuvi, to‘siqlar va 
    qarama-qarshiliklarga nisbatan ichki kurashi, shuningdek, uning mexanizmlari kabi muammolar 
    yechimi uchun qay darajada ahamiyatli ekanligiga oqilona baho berilmadi. Aks ettirishning 
    moddiy asoslariga suyangan holda tushuntirish, talqin qilish nazariyalari ilmiylik jihatdan 
    qo‘pol nuqsonlarga ega bo‘lmasa-da, lekin psixikaning o‘ziga xosligi, muomala xususiyatlari va 
    ixtiyorsizlikni ta’riflashdagi cheklanganligi, bir tomonlamaligi natijasida ularning ko‘p jihatlarini 
    tushuntirish imkoniyati mumkin qadar pasaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, insonning 
    hayoti va faoliyati o‘zaro uzviy bog‘liq, biri ikkinchisini taqazo qiluvchi uchta muhim manbadan, 
    ya’ni ongsizlik, ongostlilik va onglilik holatlaridan tashkil topgan holda hukm suradi. Shuning 
    uchun ham insonning bir kecha-kunduzdagi umri ongsizlik, ongostlilik va onglilik holatlarining 
    hukmiga tobelikda kechadi, ularning har qaysisi qanday vazifa bajarishidan qat’iy nazar ongsizlik 
    (faol hordiq) — ongostlilik (muvofiqlashgan izlanish) — onglilik (aqliy zo‘riqish, ixtiyoriy ijod) 
    holatlaridan iborat uzluksiz halqa harakatlaridan tuzilgan bo‘ladi. Insonning ongsizlik holatida 
    ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda saqlab qolish, esga tushirish, assotsiatsiyalar, obrazlar, intuitsiya, 
    anglashilmagan mayllar, irsiy alomatlar, tasodifiy voqealar, tush ko‘rishlar, xayoliy timsollar, 
    insonning biron-bir narsaga psixologik jihatdan tayyorgarligi yuzaga keladi va ularning mahsuli 
    xuddi shu jarayonda namoyon bo‘ladi. Bularning kechishi unchalik ko‘p fursatni talab qilmasa-
    da, lekin ma’lumotlarning to‘planishi tabiiy omillar ta’sirida vujudga keladi, bu hol atrofdagi 
    muhit bilan tanishishda muhim ahamiyat kasb etadi, ular jismoniy a’zolarning umrini ozaytirishga 
    xizmat qiladi. Ijodiy mantiqiy fikrlash shaxsga muvofiqlashgan xatti-harakatlar vujudga kelishiga 
    puxta zamin hozirlaydi, ularni muayyan materiallar bilan ta’minlaydi. 
    Odatda ongsizlik holati bilan ongli holat o‘rtasida oraliq holat mavjud bo‘lib, u ongostlilik 
    atamasi bilan belgilanadi, uning inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi 
    o`rganiladi. Insonda kechishi mumkin bo‘lgan faoliyat, muomala, xulq-atvor, ijodiy tashabbus, 
    ilhomlanish kabi jarayonlar shaxsga tobora muvofiqlashib borsa, ularning boshqaruvi yengil 
    ko‘chsa, shakllangan, barqarorlashgan, mustahkam, puxta uquv va malakalar o‘z vazifasini 
    bajarishga kirishsa, bularning barchasi ongostlilik holatining bevosita hukmi ostida ro‘y beradi. 
    Hozirgi davrda psixologiya fanining muhim, dolzarb vazifalaridan biri — bu uning tadqiqot 
    metodlari va prinsiplarini nazariy hamda metodologik jihatdan chuqurroq tadqiq qilishdan iboratdir. 
    Jumladan, kuzatish juda sodda, ikki ko‘rinishga (kuzatish va o‘zini o‘zi kuzatishga) ega bo‘lgan 


    106

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish