|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б Pdf ko'rish
|
bet | 110/194 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 3,67 Mb. | | #272877 |
Bog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
tovushli so’zlar o’ylab toptiriladi. Shundan so’ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan
ko’rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor qaratiladi.
3. O’rganilgan harflar ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib qo’yiladi, bolalar uning
ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O’qu-
vchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasi-
dan, rasmli alifbodan ko’rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish
ustida ishlanadi.
O’quvchining namunali o’qishidan so’ng birgalikda ovoz chiqarib o’qish, yakka-yakka o’qish,
shivirlab o’qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o’qiydigan o’quvchilar bo’lgan sinflarda xo’r
bilan o’qitish o’qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o’quvchilarining o’qish ko’nikmalar-
idan kelib chiqib, matndagi so’zlarni xattaxtada bo’g’inlarga bo’lib yozish, o’rganilgan harflarni
hisobga olgan holda qo’shimcha so’z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o’qitish usulidan ham
foydalaniladi.
Har bir predmetda bo’lgani kabi savod o’rgatish darslarida ham ta’lim-tarbiya birligiga e’tibor
beriladi. Savod o’rgatish darslarida tarbiya o’qilgan matnning ongli o’zlashtirilishiga bog’liq. Bir-
inchidan, o’quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o’zida shunday xislatlarni
shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo’lish uchun o’qishning zarurligini an-
glaydi. Shuning uchun ongli o’qishni ta’minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar
o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqatni qaratish
lozim.
Ongli o’zlashtirishni amalga oshirishda lug’at utsida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
So’zlarning ma’nosi ustida to’xtalish, birinchidan, fikrni oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan matn-
ni tushunishga ham yordam beradi.
|
| |