|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б Pdf ko'rish
|
bet | 109/194 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 3,67 Mb. | | #272877 |
Bog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismAnnotatsiya:
Ushbu maqolada o’quvchilarga savod o’rgatish masalalari, savodga o’rgatish
davrida o’qishga o’rgatish, tovush-harf bilan tanishtirish bilan bog’liq masalalar haqida mulohaza
yuritilgan.
Kalit so’zlar
: savod, harf, tovush, mashq, so’z, o’qishga o’rgatish, matn, nutq.
Ma’lumki, savod o’rgatish jarayonidagi asosiy davrning vazifasi o’quvchilarni tovush va harf
bilan tanishtirish, ularga to’g’ri talaffuzni o’rgatish orqali bolalarda bo’g’inlab to’g’ri, ongli, ifo-
dali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdir. Shuningdek, o’quvchilar lug’atini boyitish, bog’lan-
ishli nutqini o’stirish, bilimini boyitish, tafakkurini, eshitish, qabul qilish sezgisini o’stirish ham
shu davrning vazifalariga kiradi. Asosiy davrda tovush-harf bilan tanishtirish, o’rganilgan to-
vush-harflarni o’zaro bog’lab so’z tuzish va o’qish alifbo davri sanaladi. Bo’g’inlardan so’z tuzish
va o’qish, so’zlardan gap tuzish va o’qish mashqlari bajariladi. Bolalar tovushlarni yozuvda harf
bilan ifodalash, harflardan bo’g’in va so’z tuzishga, ularni o’qishga o’rganadilar. Gap va bog’lan-
ishli matnni ongli, to’g’ri, bo’g’inlab o’qish ko’nikmasini egallaydilar.
Savod o’rgatishning asosiy davri darslarida o’quvchilarning boshqalar nutqini diqqat bilan tin-
glash va nima haqida gapirayotganini tushunib olish ko’nikmalari o’stiriladi. Bolalar sinf o’qu-
vchilari oldida gapirishga, o’qituvchining savollariga javob berishga, topshiriqlarni mustaqil ba-
jarishga, bilmaganlari va o’zlari qiziqqan narsalar to’g’risida so’rab bilib olishga, o’qiganlarini
qayta hikoyalashga, o’zlari kuzatgan, ko’rgan diafilm va kinofilmlar hamda eshitgan va o’qigan
hikoya, ertaklarini kuzatgan rasmlari haqida hikoya qilib berishga o’rganadilar. “Alifbe”, tarqatma
material va metodik qo’llanmalarda berilgan didaktik o’yinlardan foydalanib, bir turidan boshqa
turiga o’tiladi va toliqishining oldi olinadi.
O’quvchilarni o’qishga o’rgatish bo’g’in asosida olib boriladi. Bo’g’inlab o’qishga o’rgatish
uchun so’zni bo’g’inga bo’lish, bo’g’in chegarasini aniqlash muhim sanaladi. Savod o’rgatish
davrida o’quvchilar so’zlarni bo’g’inlarga to’g’ri bo’la bilsalar, o’qish ko’nikmasini ham yaxshi
egallaydilar. Bu analitik mashqlar asosida amalga oshiriladi. O’quvchilar bo’g’inga bo’lish usul-
laridan foydalanib, oldin so’zlarni bo’g’inga bo’ladilar, so’ng o’qishni mashq qiladilar.
O’qishning dastlabki bosqichida orfografik o’qishdan foydalaniladi, asta-sekin orfoepik
o’qish ko’nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok
etgan so’zlar oldin orfografik, so’ngra orfoepik o’qib beriladi va ularning o’qilishi bilan yozili-
shi taqqoslanadi. O’quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo’lganlaridan so’ng orfoepik
o’qish mashq qilinadi. Savod o’rgatishning asosiy davrida analitik mashqlarni ham kesma harf va
bo’g’inlar asosida tashkil etish mumkin. Masalan, o’qituvchi utsunchadagi so’zni o’qib beradi,
o’quvchilar uni bo’g’inga bo’lib aytadi va kesma bo’g’inlar ichidan har bir bo’g’inni olib ko’rsa-
tadi va o’qiydi.
O’qishga o’rgatish uchun, avvalo, o’quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim.
Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g’indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf
bilan tanishtirish bir necha xil yo’nalishda amalga oshirilishi mumkin.
1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog’lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan
kerakli gap, so’ng kerakli so’z ajratib olinadi, so’ngra so’z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uy-
ushtiriladi. Masalan, Nn tovush va harfi o’rganiladigan darsda “Non isi“ hikoyasini so’zlab berish
mumkin. O’quvchilar hikoyadan “Ko’nglim non isini tusayotgan edi“ gapini ajratadilar, undan
non so’zi ajratib olinib, non so’zi tahlil qilinadi, n tovushining xususiyatlari aniqlanadi.
2. So’z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o’rganiladigan tovush ajratib olinadi. Ma-
salan: oy. O’qituvchi oy rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning nomini - so’zni aytadi. O’qituv-
chi o tovushini cho’zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni cho’zib aytayotganini o’qituvchilardan
so’raydi. O’quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o’tkaziladi. O
|
| |