Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/194
Sana29.09.2024
Hajmi3,67 Mb.
#272877
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Kalit so‘zlar: 
o‘qish savodxonligi, tushunish, eshitish, o‘qish ko‘nikmasi
Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadlaridan biri ham umumiy o‘rta ta’lim uchun zarur 
bo‘lgan savodxonlik davrida sakllantirishga qaratilgandir.Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilarni 
tayyorlashda ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablarga jiddiy yondashmoq lozim bo‘ladi. Birinchi 
va ikkinchi sinflarda bolalar maktab hayotida faoliyat ko‘rsatishga tayyorlanadi. O‘quv fanlari-
dan umumiy tushunchalar beriladi, o‘qish, yozish, hisoblash, kuzatish va mehnat malakalari hosil 
qilishga savodxonlik to‘liq egallanishiga asosiy e’tibor qaratiladi. Uchinchi, to‘rtinchi sinflarda 
esa bilim, ko‘nikma va malakalar yanada mustahkamlanadi dastlabki nazariy tushunchalar hamda 
tasavvurlar hosil qilinadi.
Maktabda o‘qitish elementar o‘qish va yozishga o‘rgatishdan boshlanadi. Alifbega asoslangan 
holda, qisqa muddatda o‘quvchilar o‘qish va yozishga o‘rgatiladi. Savod o‘rgatish analitik sintek-
tik tovush metodida olib boriladi. Bu metodda so‘z bo‘g‘iniga kerakli tovush ajratib olinadi va 
tahlil qilinadi, o‘rganilgan harflar bilan sintezlanadi.
O‘qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o‘quvchilarni idroki xotirasi tafakkuriga va nutqini 
o‘stirishga katta e’tibor berish kerak. Savod o‘rgatishda fonematik qobiliyatlarni o‘stirish tovushni 
ajralish ko‘nikmasini o‘stirish muhim sanaladi.
Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida nutq bo‘laklarini birlashtirish uyg‘unlashtirish 
tarkiblash, aksincha, yaxlit nutqni bo‘laklarga ajratish tahlil qilishga oid fikriy operatsiyalar amal-
ga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida tahlil-tarkib operatsiyalaridan unumli 
foydalaniladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchining kelajakdagi taraqqiyotini belgilab bernvchi 
ruhiy ta’limiy asoslar qo‘yiladi. Barkamol avlod taraqqiyoti savod chiqarishning asosi bo‘lgan 
alifbe darsliklarining ta’limiy-tarbiyaviy sifat darajasiga bog‘liq.
Savodga o‘rgatishning ilk davridanoq jonli nutqdagi tovush bilan adabiy nutqdagi tovushni 
chog‘ishtirish asos qilib olinadi. O‘quvchi alifbegacha bo‘lgan davrda, shuningdek, bog‘chaning 
maktabga tayyorlov guruhlarida nutqdagi tovushlarni eshitish yo‘li bilan farqlashga o‘rgatiladi. 
Alifbe davrida esa tovushni so‘zdan ajratib olishga, shu tovushni ifodalaydigan harfni o‘rgatiladi . 
Tanishtirilishi lozim bo‘lgan tovush boshqa tovushlar sirasidan ajratiladi. Baland ovozda talaffuz 
qilinadi: tovush artikulatsiyasi” ko‘rsatiladi. O‘quvchilarga tovushni talaffuz qildiriladi. Shundan 
so‘nggina tovushni ifodalaydigan harf shakli bilan tanishtiriladi.
Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida nutq bo‘laklarini birlashtirish uyg‘unlashtirish 
tarkiblash yoki aksincha yaxlit nutqni bo‘laklarga ajratish tahlil qilishga oid fikriy operatsiyalar 
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu metod (ajratish-qo‘shish tahlil) tarkib usuli deb ataladi. 
Alifbe davrida o‘quv materillarini tanlash va joylashtirishda o‘quvchining fikrlash darajasi yoshi 
va imkoniyatlarini hisobga olgan holda nutq tovushlarining xususiyatlari nazarda tutiladi. Bu tam-
oyil tovush va harflarini o‘rganish tartibiga o‘qish uchun so‘z tanlashga matn tanlashga matnlar 
hajmiga bevosita taalluqlidir. Analitik-sintetik tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu 
metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analitik-sintetik tovush metodi an’anav-
iy tamoyillarga va shakllanish, tashkil topish jarayonida bo‘lgan tamoyillarga ega. Metodning 
an’anaviy tamoyillari quyidagilar:
A) 
Alifbegacha tayyorlov davri
B) Alifbo davri, bu davrda yozuvga o‘rgatish o‘qishga o‘rgatish bilan parallel holda olib 
boriladi.
Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: birinchidan, savod o‘rgatish 
bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; ikkinchidan, savod o‘rgatish-
ga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikuly-
atsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi, uchinchidan, 


110

Download 3,67 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish