|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б Pdf ko'rish
|
bet | 115/194 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 3,67 Mb. | | #272877 |
Bog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA QO’L MEHNATINING USULLARI
Rajabova Iroda
Xorazm viloyati Urganch shahar
11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
texnologiya fani o’qituvchisi
+99893 755 28 82
Annotatsiya
: ushbu maqolada texnologiya darslaridagi qo’l mehnatining usullari va uni
o’qitishdagi ahamiyati tahlil etilgan.
Kalit so’zlar
: qo’l mehnati, texnologiya, fan, o’quvchi, asboblar.
Qo’l mehnatiga o’rgatishda boshqa fanlarni o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning xilma-
xil usullarini qo’llab, ular yordamida o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini egallab
olishlariga, shuningdek bilish qobiliyatlarini rivojlanishiga erishiladi.
O’quvchilar bayon etilayotgan aynan buyum emas, balki o’z so’zlari bilan buyumni bajarilishini
eslashlari talab etiladi. Biroq, asosiy o’rinni hali ham namuna, tayyor ko’rgazma bo’yicha ishlash
egallaydi. Hozirgi zamon maktabi darsning zamonaviyligini oshirdi, takomillashtirishda va unga
sayqal berdi. O’qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu mazkur dars uchun uning
maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishni usul va ko’rgazmali qurollarni tayyorlaydi. Qo’l
mehnati darslarida odatda bir yoki ikki asbobdan foydalaniladi, ularni esa navbatchilar tarqatadi.
Stolning ustida diqqatni chalg’itadigan xech qanday ortiqcha narsa bo’lmasligi kerak. Asboblarni,
ayniqsa kesuvchi asboblarni charm g’ilofda saqlagan ma’qul. Xar bir g’ilof asbobning ma’lum
turiga mo’ljallangan bo’ladi. Navbatchi o’qituvchi asboblarni tarqatishni doimo birinchi partadan
boshlaydi, bunda o’quvchilar tartib va tejamkorlikka o’rganadilar. Xamma foydalanadigan asboblar
sinf shkaflarda saklanadi, ishdan so’ng asboblarni o’quvchilar tozalab yuvib, artib navbatchi
o’quvchiga topshiradilar. Ish xonasida o’quvchilarga asboblarni ishlatish va saqlash qoidalarini
eslatib turuvchi plakat – eslatmalar osig’lik bo’lishi kerak. Xavfsizlik texnikasiga qoidalariga to’liq
rioya qilish baxtsiz xodisalarning oldini oluvchi ishonchli garovdir. Asboblarni ishlatish qoidalarini
o’quvchilar vaqti-vaqti bilan takrorlab turishi lozim. U yoki bu qoidani tushuntirishda o’qituvchi
nima uchun aynan shunday qilish kerakligini, bu qoidalarga rioya qilinmasa qanday xodisalar ro’y
berishi mumkinligini uqtirishi lozim. Xafvsizlik texnikasining barcha qoidalari so’zsiz bajarilishi
lozim. Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish bo’yicha texnika xavfsizligi qoidalarni
quyidagicha umumlashtirish mumkin.
1. Ish xonasiga faqat o’qituvchi ruxsati bilan kiriladi.
2. Xar bir o’quvchi faqat o’z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda qilinadigan
bo’lsa, o’quvchilar o’z majburiyatlarini yaxshi biladilar.
3. Ish faqat o’qituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingni tayyorla, asboblarni tug’ri va qulay joylashtirish: o’ng
qo’l bilan ushlanadigan asboblarni o’ng tomonga, chap qo’l bilan ushlanadiganini chap tomonga
qo’y, sanchiladigan, kesadigan asboblarni xech qachon ikkita asbob orasiga qo’yma, ularni doimo
o’z joyiga, o’tkir tomonini narigi, dastasini o’zing tomonga kilib qo’y. Asboblarni o’ynama, ular
o’yinchoq emas.
5. Ish vaqtida ish joyingni tartibli saqla.
6. O’tmas yoki buzuq asbob bilan ishlama.
7. Asbobni ishlatganda, uni o’qituvchi ko’rsatganidek ushla.
8. Asboblarni asra, ularni to’g’ri, o’z o’rnida ishlat, ishlatgandan so’ng ularni tozalab,
yuviladiganlarini yuvib, artadiganlarini artib qo’y.
9. Narsani, xar bir detalni oldingi safargidan yaxshiroq, chiroyliroq, tartibliroq qilishga
xarakat qil.
Ko’rilgan choralarga qaramay sinfda baxtsiz xodisa ro’y bersa, o’qituvchi birinchi yordamni
ko’rsatishi va maktab vrachini chaqirishi lozim. Ish xonasida yod, bint solingan aptechka bo’lishi
shart.
|
| |