115
Май 2021 10-қисм
Тошкент
Interfaol metodlar
o‘qituvchi bilan o‘quvchining faol munosabati, bir-birini to‘liq tushunishga
asoslanadi. Interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi – dars qaysi shaklda
bo‘lmasin, qayerda o‘tkazilmasin darsda o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlikda ishlashini
va natijada o‘zlashtirishlarini ta’minlashi lozim. Bunda o‘qituvchi faqat fasilitator (yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatuvchi, kuzatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi) vazifasini bajaradi.
Ushbu metodlar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda
erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarni boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr
yuritishning rivojlanishiga zamin tayyorlanadi.
Interfaol metodlarda o‘qitishning mohiyati quyidagicha:
- o‘rgatuvchi ham o‘rganuvchi ham ma’lumotlar bilan faol ishlashi;
- o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi va o‘rgatishi;
- o‘qituvchiga «o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatish uchun» xizmat qilsa, o‘quvchilarga esa,
«fikrlashni o‘rganishlari uchun» xizmat qilishi;