• Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • Май 2021 10-қисм Тошкент O’QITISHNING FAOL PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI. Rajabova Dilyora
  • Annotatsiya.
  • Kalit so’zlar.
  • Interfaol usullardan foydalanish shakllari




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Interfaol usullardan foydalanish shakllari: 
    individuallashtirish; kichik guruhlarga ajratish; 
    tabaqalashtirish; o‘rgatish va o‘rganish jarayonida demokratik muhitni yaratish; o‘zaro muloqot, 
    hamkorlikni tashkil etish.
    Interfaol usullar o’quvchilar oldiga ushbu maqsad va vazifalarni qo’yadi: 
    muammoli 
    vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida yechish; o’z-o’zini fikr yuritishga rag’batlantirish; 
    atrofdagilar bilan do’stona munosabatlarni shakllantirish; mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy 
    fikrlash; mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlash; faol bo’lish.
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pedagogika va psixologiya sohalarida innovatsion 
    metodlardan foydalanish avvalo ta’lim samaradorligini kafolatlaydi, raqobatbardosh kadrlar 
    yetishib chiqishini ta’minlaydi. Ta’lim oluvchining ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiladi, 
    o’quvchilarda kommunikativ kompetensiyani, o’zaro emotsional aloqalarni o’rnatishiga yordam 
    beradi. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
    1. T. Gafforova Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogic texnologiyalar.
    2. A.Mamatkazina, A.Salomov, F.Boynazarov Yangi pedagogik texnologiya asoslari.
    3. www.google.uz 


    116
    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    O’QITISHNING FAOL PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI.
    Rajabova Dilyora
    Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
    6-umumiy o’rta ta’lim maktabi
    Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
    Annotatsiya.
    O’qitishning an’anaviy va noan’anaviy usul va metodlari farq qilinadi. Ular 
    mohiyatiga ko’ra faol va osoyishta turlarga ajratiladi. Ularning har biri o’z tarixi va shakllanish 
    mexanizmiga ega. Bularning orasida uzoq yillar davomida sinovlardan muvaffaqiyatli o’tgan va 
    yuksak pedagogik samara beradiganlari juda ko’p.
    Kalit so’zlar.
    Ma’ruza, abstract, didaktika, pedagogik texnologiya, tarbiya, ta’lim, metod, 
    noan’anaviy usul, an’anaviy.
    Insoniyat o’zini va atrof-muhitni anglab yetishi jarayonida ta’lim va tarbiya uchun asqotadigan 
    xilma-xil texnologiyalarni yaratgan. Ularning aniq son va sifatini hech kim aniq belgilay olmaydi. 
    Bunga hozirgi davrda mavjud bo’lgan turli davlatlarning ta’lim tizimlarida amal qilinayotgan 
    turfa pedagogik texnologiyalar misol bo’la oladi. Gap ularning qaysi biridan kim qanday samara 
    bilan foydalanishidadir. Katta samara bermaydigan yoki o’zini oqlay olmagan texnologiyalar kun 
    tartibidan tushib qolaveradi va ular insoniyat sivilizatsiyasining tarixiy “sandig’iga” jamlanib 
    borilaveradi. Har qanday o’quv kursi, ma’lumki. quyidagi komponentlami o’zida jamlaydi: - 
    kursning davomliligi (muddati); - o’qitishning maqsad va vazifalari; - o’qitishning mazmuni; 
    - maqsadli guruhning tashkil etilishi; - o’qitish jarayoni; - o’qitish metodikasi; - o’quv quvvati; - 
    baholash. O’qitishning mazmuni o’quv birligining davomiyligi va o’zlashtirish darajasi orasidagi 
    uzviy bog’lanishning grafigi tarzida ifodalanishi mumkin. Bunda uch toifadagi o’zlashtirish 
    darajalari farq qilinadi va ular majburiy (past), zaruriy (o’rtacha) va maqsadga muvofiq (eng 
    yuqori) ko’rsatkichlarga ega bo‘ladilar. Har qanday pedagogik texnologiya qo‘llanilishida 
    didaktikaning asosiy va yordamchi tamoyillari (prinsplari), albatta, amal qiladi: - ma’lumdan 
    noma’lumga; - oddiydan qiyinga yoki murakkabga; - aniqdan mavhumroqqa (abstraktga); - 
    kuzatishdan nazariy umumlashmalarga; - umumiy yoki odatdagidan xususiyga yoki noodatdagiga 
    va boshqalar. Ayrim faol pedagogik texnologiyalar tavsifi haqida ma’lumotlar keltirilganda 
    ularning qiyosiy bahosi oydinlashadi. Ma’ruza o’qitishning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, 
    pedagogik faoliyatda yetakchi o’rinni egallaydi. U o’qituvchi mehnatining oliy shakli darajasida 
    e’tirof etiladi. Uni bir tomonlama aloqaning ko’rinishi, deb ham ataladi. Bunda o’qituvchining 
    faolligi va tinglovchilarning nofaolligi ko’zda tutiladi. Biroq munozara shaklida bayon etiladigan 
    ma’ruza eng faol pedagogik texnologiya elementidir. Munozarali ma’ruzada tinglovchilarning 
    faolligi juda yuqori bo’lishiga erishish mumkin. Iqtisodiyot o’quv predmetlarini, odatda, ko’proq 
    m a’ruzalar tarzida bayon etiladi. Chunki bunday kurslar ko’proq nazariy yoki umumlashtiruvchi 
    xarakterga tabiatan ega bo’ladilar. Pedagogik terminologiya nuqtai nazaridan ularni bilish, aqliy 
    umumlashtirish mashg’ulotlari deb hisoblash mumkin. Bunda metodikaning barcha boshqa 
    metodlari kamroq samaraii bo’lib qoladilar. M a’ruzani tashkil etish paytida o’qituvchi o’quv 
    predmetining eng muhim jihatlarini alohida ta’kidlash evaziga muvafiaqiyat qozonishi mumkin. 
    Ma’ruzada tinglovchilar boshqa samaraii metodlar bilan o’qitilgandagi kabi tayyorgarlik (bilim) 
    oladilar. Faol metodika yordamida o’qilgan ma’ruzalar davomida tinglovchilarni faollashtirish 
    evaziga o’qitish jarayonining teng huquqli ishtirokchilariga aylantirish mumkin. Bunda o’quv 
    materiali tez va soz o’zlashtiriladi. M a’ruzani faol tadbirga aylantirish uchun uning mavzusi va 
    tuzilmasi orasidagi bog’lanishning yechimini topish zarur bo’ladi. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
    1. Jumaev A. Bo’lajak o’qituvchi shaxsining ijtimoiy faollik omillari. / “Xalq ta’limi” jurnali, 
    2006. 
    2. Og’ayev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. / “Xalq ta’limi” jurnali, 2001
    3. www.ziyouz.com


    117

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Interfaol usullardan foydalanish shakllari

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish