|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 бBog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
mashg’ulot davomida berilgan savollarga javob berish.
Kichik maktab yoshidagi o‘kuvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish «O’qish»,
«Matematika». «Ona tili», «Tevarakdagi olam», «Odobnoma», «Tabiatshunoslik», «Konstitutsiya
saboqlari» va boshka darslarda amalga oshiriladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda
ta’limning ilk boskichidan boshlab, tarbiyaning yangi omili - o‘z-o‘zini tarbiyalash vujudga
keladi. Bolalar o‘zlarida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs xislatlarini tarkib toptirish,
xulq-atvoridagi kamchiliklarga, salbiy illat va sifatlarga barham berish sohasida ongli ravishda
yondashish xislatlarini tarkib toptirishlari lozim. Bunda o‘z ustida muntazam ravishda ishlash
«... odamning yuksak darajada o‘z-o‘zini idora qiluvchi, o‘z-o‘zini kamol toptiruvchi birdan-bir
tizimdir», - degan edi L.I.Bojovich.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda quyidagi pedagogik-
psixologik omillarni inobatga olish zarur:
- individual-psixologik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish va shu asosda didaktik
topshiriklardan optimal ravishda foydalanish;
- tanqidiy fikrlashni shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minotlarni tuzish va amalga
tatbiq qilish;
- o‘quvchilarda o‘qish ko‘nikmasini, aqliy operatsiyalar: analiz, sintez kabilarni tarkib
toptirish;
-tanqidiy fikrlashni shakllantirish orqali ijtimoiy hayot sohalarida faol ishtirokchi sifatida
kobiliyatini namoyon qilishga zamin yaratish lozim;
- zamonaviy ta’lim berishda asosiy urg’u o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashlarini
shakllantiradigan o‘quv materiallarni tanlashga ham qaratilishi lozim bo‘lsa, o‘qitish jarayonida
innovatsion metodlarni to‘g’ri tanlay olishni talab qiladi. Amaldagi dasturlar bo‘yicha tuzilgan
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga qaratilgan topshiriklar
keltirilgan, ammo ularning barchasi ham ularning mohiyatini aniq aks ettirmaydi.
O’quvchilarning eng muhim psixologik xislatlarining alohida ahamiyatga ega ekanligini
inobatga olish, chunki tanqidiy fikrlash akliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, xulq-atvorning
tashqi shakllarida ijtimoiy-axloqiy sohada o‘z ifodasini topishi muqarrardir. O’quvchilar orasida
qulay tashkil kilingan faoliyatgina ularning sinf, maktab jamoasi va oila a’zolari o‘rtasidagi
ijtimoiy munosabatlarini barqarorlashtiradi. O’quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish
jarayonida ularda o‘z shaxsiy hayotiga maqsadli yondashuv hissini uyg’otish.
Shunday qilib, o‘quvchilarda mustaqil qaror chiqara olish, shaxsiy pozitsiya va bunyodkor
g’oyaga ega bo‘lishlik kabi xislatlarni o‘stirishda tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayonining
pedagogik-psixologik uzviyligini inobatga olish lozim.
|
| |